Axloqshunoslik fani va uning vazifalari, jamiyat taraqqiyotidagi roli. Etika axloq haqidagi nazariya. Axloqning umuminsoniy va milliy, tarixiy va konkret, dialektik va ijtimoiy xarakteri. Reja: Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy yuksaltirishda, shaxsni kamol toptirishda axloqning roli. Etika va boshqa sotsial fanlar. Axloq va din. Islom Karimovning O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarida bu muammolarning talqini. Etika axloq haqidagi nazariya. Axloqning umuminsoniy va milliy, tarixiy va konkret, dialektik va ijtimoiy xarakteri. Odam odam bilan tirik. Bu ko'hna haqiqat. Ammo har bir odam o'zi bir olam bo'lib yaralgan, hech kim hech qachon birovga aynan o'xshamaydi. Shu sababli ham bizlarning xohish va ehtiyojlarimiz, orzu va umidlarimiz, yaxshilik va yomonlik haqidagi, baxt va muhabbat haqidagi fikrlarimiz turlichadir. Bunday har xillik bizning niyat va istaklarimizning bazan ro'yobga chiqmasligiga sabab bo'ladi va o'zimizni omadsizdek, baxtsizdek his etamiz va bizga etibor bilan qarashlariga ehtiyoj sezamiz. Bu ehtiyoj qondirilmas ekan, biz o'zimizni odamlar ichida ham begonadek his qila boshlaymiz, o'zimizga va jamiyatga tashvishlar orttirib boraveramiz. Odam jamiyatda yashab turib, jamiyatdan xoli bo'la olmaydi. Bu xol kishining hamma ishiga, jumladan, uning axloqiy qiyofasiga ham bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi, uning yurish-turishiga nisbatan muayyan tarbiyaviy-ma'naviy talablar qo'yadi. Odamlarga baho berganda, uni yoshidan, kasbidan, mutaxassisligidan, darajasidan qatiy nazar axloqli yoki axloqsiz ekan, tarbiyali yoki tarbiyasiz ekan, ziyoli ekan, o'qigan bo'lsa ham, uqmagan ekan, olim bo'lish oson-u, odam bo'lish qiyin ekan deb baho beramiz. Bunda biz kishilarning ma'naviy qiyofasini, xulq-atvorini, yaxshi yoki yomon xatti-harakatini ifodalagan bo'lamiz. Qarangki, har bir odam bir olam bo'lsa ham, u takrorlanmas noyob, o'ziga xos bir mo'jiza bo'lgan taqdirda ham bir o'zi yashay olmaydi, baxtli ham, baxtsiz ham bo'la olmaydi. Shunday ekan, odam o'z mohiyati bilan, tabiati bilan jamiyat bilan chambarchas bog'liq, jamoa bo'lib yashaydi, tirikchilik qiladi, jamiyatdan oladi, jamiyatga beradi; qancha olib-berishi esa uning aql-idrokiga, vijdoni-irodasiga, imoniyu-e'tiqodiga, turmush tarziga, ma'naviyati-tarbiyasiga bog'liqdir. Axloq, xulq-atvor haqidagi etika fani bu xususda bahs yuritadi, ta'limot yaratadi. Men, - deydi Prezidentimiz Islom Karimov, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo momot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir», degan fikrini ko'p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarbdir. Chunki ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc