Vatanimiz mustaqilligiga hademay 24 yil to'ladi. Bu davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasi, eng avvalo, turmushimiz tobora farovonlashayotganida, erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan munosib e'tirof etilayotganida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga bo'lgan munosabatimiz o'zgarib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish hayotimizning ma'no-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylandi. Davlatimiz rahbari joriy yil mart oyida O'zbekiston xotin-qizlariga yo'llagan tabrigida e'tirof etganidek, aynan istiqlol davrida biz ko'p narsalarni xuddiki qaytadan kashf etgandek bo'lmoqdamiz. Ayol go'zal bo'lsa - olam go'zal, ayol baxtli bo'lsa - oila, butun jamiyat baxtli bo'ladi, degan qarash ongu shuurimizga chuqur kirib borayotgani va bizning hayotiy falsafamizga aylanayotganini har tomonlama anglab yetayapmiz. Qadri yuksak, aziz va muhtaram Prezidentimizning O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobida keltirilgan dolzarb masalalar qatorida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini, nufuzi va qadr-qimmatini himoya qilishning yetarli kafolati uchun, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda va boshqarishda ishtirok etishiga qulay sharoitlar yaratish lozimligi, onalar va bolalar sog'lig'ini, aholining bilim va madaniyat darajasini saqlash har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan ta'minlanishi kerakligi qayd etilgan. Bundan anglashiladiki, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, xotin-qizlarga g'amxo'rlik ko'rsatish, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma'naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolalarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo'naltirish, ularni sportga keng jalb etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog'lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Binobarin, 1991-yilda davlatimiz rahbarining ayollar bilan ishlash tizimini yaratish borasidagi tashabbusi asosida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tashkil etildi. Bugungi kunda u yirik jamoat tashkiloti sifatida ayollarga oid davlat siyosatini aholiga yetkazish, uning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash, opa-singillarimizning ijtimoiy faolligiga oid yangi g'oya va tashabbuslarni ilgari surish, mazkur yo'nalishlarga doir dastur hamda hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda alohida faollik ko'rsatmoqda. O'tgan yillarda ishlab chiqarish, ta'lim, sog'liqni saqlash, agrar sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan o'n uch nafar ayol O'zbekiston Qahramoni degan oliy unvonga, ko'plab opa-singillarimiz davlat mukofotlariga sazovor bo'lgani, ayniqsa, qizlarimiz uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta'sis etilgani va hozirgi kungacha 226 nafar iqtidor egasi ushbu mukofot bilan taqdirlangani, tom ma'noda, ularga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor namunasidir. - Ayoli ulug'langan yurtda yashashdan ortiq baxt bo'lmasa kerak, - deydi andijonlik fermer Lola Boynazarova. - Oilang tinch, turmushing obod, farzandlaring bag'ringda kamol topayapti. Mehnat qilishing, izlanishing, umuman aytganda, bor imkoniyatlaringni ro'yobga chiqarishing uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Bugun shu narsaga amin bo'ldimki, astoydil mehnat qilgan odam, albatta, uning rohatini ko'rar ekan. Bunga dalalarimizdagi paxta, g'alla, bog'larimizdagi sarxil, shirindan-shakar mevalarimiz ortidan topayotgan daromadimiz bir misol. Shukr, turmushimiz farovon, birovdan kam joyimiz yo'q. To'ylar qilayapmiz, uy-joylar solayapmiz, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.96 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: ppt