Ayol borki olam munavvar

Ayol borki olam munavvar

O'quvchilarga / Pedagogika
Ayol borki olam munavvar - rasmi

Material tavsifi

ONA Islom Karimov O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Oilani oila qiladigan, umuman hayotimizga ma'no mazmun bag'ishlaydigan, bizni odamiylikka, mardlik va olijanob, haqiqiy inson bo'lishga chorlaydigan ayolning mеhr-muhabbati va zahmatini hеch narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Onalarning oyog'i ostidadir, Ravzai jannatu jinon bohi Ravza bog'in visolin istar esang, Bo'l onaning oyog'i tufrog'i. A. Navoiy. Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go'zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg'unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go'zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo'lib kelgan. Ayol deganda ko'z o'ngimizda avvalo, ulug' va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o'rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go'zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo''tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan o'rni beqiyos. Oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug' donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda muqaddas degan so'zga eng munosib zot ham - Onadir. Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug'lasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz. O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni A.Oripov aytganidek: Bu yorug' olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda Ona degan nom Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o'zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o'chmas nom qoldirgan. To'maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin, va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridandir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 958.49 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:47 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 958.49 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga