Ayollar milliy ko'ylaklarida qo'llaniladigan chok turlari mavzusini o'qitishda klaster metodini qo'llash Reja Kirish 1.bob Ayollar milliy kuylaklarida qo'llaniladigan chok turlari Kirish Fan texnika taraqqiyotining yuksak odimlar bilan rivojlanib borishi ta'lim tizimiga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirayotgan o'qishning interfaol uslublarini qo'llash ya'ni kompyuterlar vositasida darslarni tashkil etish va o'qitish shu kunning dolzarb bazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi baqtda kasb-hunar kollejlarida, maktablarda, barcha ta'lim muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan va boshqalardan foydalanishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim sifatini osh'irishga kuchli ta'sir qila oladigan didaktik vositalar, masofadan o'qitish dasturlari, qurilmalar, elektron pochta, elektron adabiyotlar ba elektron kutubxonalar, masofadan o'qitish dasturlari, animasion, ya'ni ta'sir ba tobushni o'zida mujassamlashtirgan ko'rgazmali qurollar barchasi aynan kompyuter texnikasiga asoslanadi. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanmada maxsus fanlarni, shuningdek amaliy mashg'ulotlarni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Undan kasb-hunar kolleji o'qituvchilari, metodistlar, o'quv ustalari va kasb ta'limi yo'nalishi bo'yicha bo'lajak o'qituvchi - amaliyotchi talabalar foydalanishi mimkin. I-BOB. XOTIN -QIZLAR MILLIY KO'YLAKLARINI TIKISH TEXNOLOGIYASI 1. Mashina choklari turlari. 2. Birlashtiruvchi choklar tuzlishi va ishlatilish sohasi. 3. Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi. 4. Bezak choklari va qo'llanish sohasi. Tayanch iboralar: biriktirma chok, yorma chok, quyma chok, bostirma chok, tutashtirma chok, qo'sh chok, ichki chok, ziy choklar, mag'iz chok, ag'darma chok, bukma chok, taxlama, bo'rtma chok. 1. Mashina choklari turlariKiyim choklari kiyim qismlarining ip yoki sim yordamida birlashgan joylari demakdir. Mashina choklari konstruktsiyasi va vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: birlashtiruvchi chok- kiyim detallarini birlashtirishga, ziy chok -detal ziylarini ishlashga va qirqmalarini titilib ketishidan saqlashga, bezak choklar. 2. Birlashtiruvchi choklar tuzilishi va ishlatilish sohasi. Biriktirma chok tikuvchilikda eng ko'p tarqalgan chok bo'lib, detallarning yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. U yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. (8 - rasm) 8 - rasm . Biriktiruvchi chok turlari Yorma chok bir vaqtning o'zida ham biriktiruvchi, ham bezovchi chok xizmatini o'taydi. Bunday chokni bajarish uchun detallarni biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga yotqiziladi va gazlama o'ngi tomonidan biriktirma chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi. Quyma chok ochiq qirqimli bo'lishi mumkin. Quyma chok hosil qilish uchun bir detal ikkinchisining ustiga 1 sm o'tkazib tikiladi. Chokning vazifasi va gazlama turiga qarab, bezak baxyaqatorlar kengligining 0,5-1,5 sm ko'proq'i bukiladi. Bezak baxyaqator esa kiyim fasoniga qarab detalning bukilgan chetidan 0,2-0,5 sm masofada bo'ladi.(9-rasm) 9 - rasm. Qo'yma chok Bostirma chok biriktirma chokning bir turi bo'lib, paltoning yon, ort bo'lak o'rtasidagi choklarini tikish uchun ishlatiladi. Bostirma chok ochiq qirqimli yoki bir qirqimli yopiq bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: doc