Ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining F A R M O N I 2018 yil 2 fevral - Mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar O'zbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligi, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini hamda ilm-fan, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini aynan ayollar tashkil etadi. (2019 yil 1-sentabr holatiga) ma'lumot o'rnida - Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo'lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga imtiyozli uylardan ajratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan yil davomida uy-joyga muhtoj, nogironligi bo'lgan 1207 nafar ayolga arzon uy-joylar ajratildi. Farmonning asosiy maqsadi: Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish; Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlashga erishish; Onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish; Xotin-qizlarning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish; O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish. Mazkur farmonga asosan: 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlandi. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari belgilandi: birinchidan, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo'lgan va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarning manzilli ro'yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish; to'rtinchidan, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo'lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta'minlash. uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo'llab-quvvatlash; O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi va uning hududiy bo'linmalari rahbarlari faoliyatida ayrim masalalar bo'yicha shaxsiy javobgarligi ko'rsatib o'tilgan: joylarda og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
747.43 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
747.43 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: pptx