Badiiy uslubdagi matnlarni yaratishga o'rgatish Reja: 1. matn va uning xususiyatlari 2. matn ustida ishlash 3. matn tuzishga o'rgatish Matn nutqiy hodisa bo'lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmuniy bog'lanishlar tashkil topadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari tomonidan yaratiladigan matnlar asosan gap va kichik matnlardan iborat bo'ladi.Bunday matnlar yaratishda ko'proq tasvirlash, rivoyat va hikoyalar, muhokama qilish usullari ko'proq foydalanish mumkin. Ona tili darslarida o'quvchilarga faqat garammatik qoidalarini yodlatish emas, balki, ko'proq ularning og'zaki va yozma nutqtalarining ravon va erkin bo'lishiga erishish maqsadida kichik - kichik matnlar yaratishga harkat qilinadi. Matn yaratish dastlab Ona tili darslarida keyinchalik esa ularga O'qish darslarida har xil mavzudagi matnlarni o'qish, yozma ravishda tayyorlash yo'llari bilan mukammallashtirilib boriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari og'zaki va yozma nutqiga zarur bo'lgan rahmat, kechirasiz, iltimos, marhamat, barakalla kabi kirish so'zlarni ham singdirib borish lozim. Matn ustida ishlash boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirishning eng ma'qul usullaridan biri hiosblanadi. Buning uchun ularning og'zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirib borish kerak. Biror asar matn ustida ishlashda ham bu talablarni unutmaslik lozim ekan. Shuningdek, lug'at ustida ishlash orqali ham takomillashtiriladi. Masalan, biror matn o'qib bo'lingach, undagi notanish so'zlar aniqlanib ularning talaffuzi va imlosi tushuntiriladi. Ayrim qiyin so'zlar ma'nosi ozohlanadi. Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali ham nutq o'stirish mashg'ulotlari amalga oshiriladi. Masalan, 2-sinfda Sumalak rivoyati qayta qiish orqali bu masalalar yechib boriladi. Yoki matnga oid savol-javob ustida ishlash orqali ham o'qtuvchilar nutqini rivojlantirib borish mumkin. Test topshiriqlari yordamida ham matn ustida ishlash katta samara beradi.Bu esa o'quvchining har tomonlama o'ylashga, matn mazmunini tushunishga, matndagi har bir so'zga alohida ahamiyat berishga harakat qilishga yordam beradi. Ayniqsa, O'qish darsligidagi hikoyalar, parchalar ustida amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi ekan. Boshlang'ich sinf o'quvchilari og'zaki nutqini rivojlantirishda gap yoki jumlani o'qishga o'rgatish, og'zaki topshiriqlar bajarish ham mumkin. Bu bo'yicha O'quv yili boshidagi takrorlash gap mavzusini o'tish dars namunasi berildi. Darsning maqsadi oldingi sinfda o'tilganlarni takrorlash orqali og'zaki nutqini rivojlantiruvchi matn ustida ishlashdir. Bundan tashqari turli xil mashqlar bajarish so'z ma'nolari ustida ishlash, lug'at diktantlarini o'tkazish usullari ham katta samara beradi. Umuman, boshlang'ich sinfda o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish ularning og'zaki va yozma savodxonligini oshirishga yaqindan yordam beradi. Bu esa IV sinfni tugatayotgan o'quvchilarning DTSi talablariga mos bilim va ko'nikmalarni to'la egallashlarini ta'minaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini matn ustida ishlash darslaridan berilgan namunalar natijasi shuni ko'rsatadiki, og'zaki matn yaratishda dialektal xatolarning ko'p uchrashuvi, yozma matnda va imlo va ishoraviy xatolarning ko'pligi kuzatiladi. Bunday kamchiliklarni ham bunga odatlantirish lozim. Shuningdek, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: pptx