Bahouddin Naqshband

Bahouddin Naqshband

O'quvchilarga / Pedagogika
Bahouddin Naqshband - rasmi

Material tavsifi

XIV asr O'rta Osiyo tasavvufining yirik namoyondasi, mashhur avliyo, nAQSHbandiya tariqatining asoschisi va rahnomosi bo'lmish bu ulug' zotning asl ismi Bahouddin Muhammad ibn Burxonuddin al-Buxoriy bo'lib, islom olamida Hojai buzrug va Shohi NAQSHband nomlari bilan mashhur bo'lgan. Bahouddin Muhammad 1318 (hijriy 718) yili Buxoroning Qasri Hinduvon (keyinchalik uning nomi bilan yuritilgin Qasri Orifon) nomli qishlog'ida dunyoga keladi. Hazrat Alisher Navoiy ham NAQSHbandning bu joyda tug'ilganligini tasdiqlab, Xoja Muhammad Boboi Samosiy Qasri Hinduvondan o'tarda der emishlarki, bu tufrog'din bir yer (o'g'il bola) isi keladur. Qasri Hinduvon Qasri Orifon bo'lgay, - deb yozib qoldirganlar. NAQSHbandning onasi Bibi Orifa otasi Sayyia Jamoliddin to'quvchi va nAQSH soluvchi usta bo'lgan. Muhammadning buyuk tariqat egasi bo'lib yetishuvida so'fiylar bilan yaqindan munosabatdan bo'lgan bobosining xizmati kattadir. Aynan u Muhammadda tasavvuf ilmiga qiziqish uyg'otdi va uni shu yo'lda tarbiyalashga ahamiyat berdi. Bahouddin Muhammad Buxoroda tahsil olgach, uni bobosi Azizxon tariqatining Shayxi Shayx Xoja Muhammad Samosiyga olib borib Shayx uni o'g'il qilib, o'z tarbiyasiga oladi. Samosiy vafoti oldidan o'z xalifasi amir Sayyid Kulolga Muhammadni o'ziga shogird qilib olishni, uni Xojagon tariqati jamoasiga qo'shib, ularning tasavvufiy yo'lini Muhammadga o'rgatishni vasiyat qiladi. Muhammad, Kulolning zikr doiralarida va tasbeh aytishlarida ishtirok etib, o'z bilimlarini yanada oshiradi. U Abdulxoliq G'ijduvoniyning g'oyibona bashorati tufayli ruhoniya darajasiga erishadi. Manbalarda bu bashorat Bahouddinning tushida Abduxoliq G'ijduvoniyni ko'rgani va u Bahouddinni Sayid Kulolga yuborgani bilan izohlanadi. Biroq Muhammad murshid oldiga kelgunicha, tariqatning haq yo'liga erishib, so'fiy darajasiga yetgan edi. Amir Sayyid Kulol Shohobuddinning (XV asr) Naqomatlarida va Saloh al- Muborak Buxoriyning Maqomati Bahouddin NAQSHband kitobidagi rivoyatlarida aytilishicha, Muhammad Amir Sayyid Kulol xizmatiga kelishdan oldinroq dunyoviy hayotning puch-behudaligiga to'la ishonch hosil qilgan. Keyin NAQSHband Mavlono orif Dekkironiy dargohida 7 yil xizmat qilgan, so'ng turkiy tasavvufiy shayxlar Kusam shayx va Halil Otalar (u Halil ota dargohida 13 yil xizmat qilgan va uning yaqin hamsuhbati bo'lgan) yo'lida tasavvufiy ta'limotni davom ettirib, kamolotga yetkazgan. Bahouddin go'dakligidanoq atrofdagilarni o'z mo'jizalari bilan lol qoldirardi. U istasa, yurib borayotgan odamni bir qarashda to'xtatib qo'yar, hatto bulutlarning yo'lini ham o'zgartirishga qodir edi. Bo'lajak alloma yetti yoshidanoq Qur'oni karimni to'liq yod oldi. U Arastu va Aflotun Ismoil Buxoriy, Hakim at-Termiziy kabi alloma, buzruk mashoyihlarning, Ahmad Yassaviy, Rametoniy asarlarini tinmay o'qidi, o'zi ham kitoblar yozdi. Rivoyatlarga ko'ra, Sayyid Kulol ushbu iqtidorli shogirdini o'z ro'parasidagi joynomozga o'tkazib, Qur'oni karim suralarini birma-bir takrorlatib, ma'nolarni sharhlab, tushuntirib berar ekan. Bahouddin NAQSHband ikki marta Haj qilgan. Shamsuddin Somiyning Qomus al-a'lom kitobida yozilishicha, ikkinchi marta Haj qilganida shogirdi Xoja Muhammad porso unga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 303.49 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 303.49 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga