Balalarni tarbiyalashda o'zbek oilasidagi urf odatlar, marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati REJA 1. Milliy tarbiya yo'nalishlari va milliy tarbiya usullari 2. Ma'naviy tarbiya asoslari 3. Ziyoli mas'uliyati Mustaqil O'zbekistonda ma'naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o'zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo'lmaydi. Unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, ko'nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o'zga insonlarga mehr uyg'otish, dilida ulug' maqsadlar tug'ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg'usi haqida kitoblarda yozilganlarni o'qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo'lib qoladi, deb tasavvur qilish o'ta soddalik bo'lur edi Milliy tarbiya yo'nalishlari va milliy tarbiya usullari Yuqorida tilga olingan vazifalarni amalga oshirish uchun nimalarga e'tibor berish kerak. Eng avvalo, tarbiyaning ikki bosqichi mavjudligini unutmaslik zarur. Albatta, asosiy maqsad - yosh avlod tarbiyasi, ammo bu maqsadga erishish uchun ishni birinchi bosqichda tarbiyachilarni tarbiyalashdan boshlash kerak bo'ladi. . O'zbek milliy urf-odatiga ko'ra ko'pincha bolalarning tabiatiga baho berilganda uning ota-onasidagi mavjud xislatlariga nisbat berib baholanadi. Qadimdan shunday gap qolgan Qush uyasida ko'rganini qiladi ya'ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi. Yaxshi xulq ham yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalardan o'tadi. Demak har bir ota-ona o'z farzandiga yaxshi xislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg'aygan sari oriyatli, nomusli, burchni his qiladigan hushmomala, odobli, bemorlarga hamdard bo'ladi. . Hadisi sharifda Sabr va bardosh tangridan, shoshqoloqlik esa shaytondandir degan ulug' so'zlarni eslab o'tish joizdir. Shunday ekan oilaning katta yoshdagi a'zolarining bolaga qo'yadigan talablarni hamda ularga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishlarda so'z bilan ishning bir bo'lishi muhum ro'l o'ynaydi.Oilada bunday birlikni bo'lmasligi bola xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatishi muhum. Bola tarbiyasi maktab, oila jamoatchilik va mehnat jamoalarning hamkorligida olib borilsa, tarbiyada ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Shu bois keyingi paytlarda mahalla-kuylarda, turar joylarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ko'lami ancha kengaydi. . Yaqinda jumhuryatimizda madrasalar qoshida yoshlarni adolatli, iymonli, ihlosmand, axloqli qilib tarbiyalash maqsadida o'qishlar tashkil etildi. O'qish dasturi aynan yoshlarni Qur'on Karim va Hadis sharif rivoyatlari bayoni asosida tarbiyalashni ko'zlaydi. Ota-ona farzandiga qancha qilsa ham oz, lekin farzand ham ota-onani hurmat qilishi lozim. Bu haqda qadimgi hikoytlarda quyidagicha yoziladi. Ey farzand! Aql yuzasidan bilginki ota-onaning izzat va hurmatini bo'yinga olish lozimdir. Chunki farzandning asli ota-onadir. Nima uchun ota-onani hurmat qilaman deb ko'ngilga keltirma. Bilginkim ular sening uchun o'limga ham tayyordirlar. Agar har farzand aqlli va dono bo'lsa ota-onaning mehru-muhabbatini ado etishdan bosh tortmaydi.Ota-onaning ishi seni parvarish qilish va senga yaxshilik o'rgatishdir. Ey farzand! Ota-onaning ko'nglini sira ham ranjitma.Ularning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: pptx