«Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o'qitishda kichik guruhlarda o'qitish metodidan foydalanish mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija Кириш……5 I-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar 1.1.Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari ……10 1.2. Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish…… 12 1.3. Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar……21 1.4. Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari…… 40 II.bob. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o'qitishda kichik guruxlarda o'qitish metodidan foydalanish 2.1. Kichik guruxlarda ishlash metodi haqida ma'lumot …….43 2.2. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar » mavzusini o'qitishda kichik guruxlarda o'qitish metodidan foydalanish48 II -Bob. Hayotiy faoliyat xavfsizligi 3.1. Mehnatni mihofaza qilish va texnika xavfsizligi ……59 Xulosa…….65 Adabiyotlar…….66 Kirish Umumiy ovqatlanish korxonalari ishini tashkil qilishni takomillashtirishda xom ashyo bazasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon talabida rivojlantirish uchun: oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ularni mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta'minlashga о'tkazish lozim. Bular о'z navbatida tarmoq xodimlarining ish unumdorligi oshishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xom ashyodan unumli va sifatli foydalanishga, kо'p mehnat talab qiluvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot sifati, kishilarning sog'lom va mehnatga qobiliyatli bо'lishlari, kо'pincha pazandalarning malakasiga, ularning taom tayyorlash texnologiyasini va zamonaviy texnika vositalarini qanchalar yaxshi egallaganliklariga bog'liqdir. Taom tayyorlash texnologiyasi - pazandalik - kо'pchilik xо'randalarga mо'ljallanib taom tayyorlashda mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovlari berishning oqilona sirlarini о'rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta pazandalarning ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi. Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandalik mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bо'lib, bu jarayon taom tayyor bо'l-gunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog'liq bо'lgan ketma-ket bosqichlardan iboratdir. Yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas'uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi iste'dodli yoshlar, о'quvchi-talabalardan xalq xо'jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassislar yetkazish, xususan, mehnat ta'limi yо'nalishida о'qituvchilarni tayyorlash maqsadida mutaxassislik fanlarini о'qitishda о'quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga kо'tarish, ta'lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish asosida tashkil etish о'ta muhim dolzarb masaladir. Mehnat ta'limiga oid о'quvchi- talabalarning bilim, malaka va kо'nikmalarini shakllantirish, nazariy-amaliy bilimini chuqurlashtirish, erkin va mustaqil fikrini hamda tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi muammo sanalgani bois, uni hal etishda mutaxassislik fanlari о'qituvchilaridan о'qitish uslubiyotini, mutaxassisliklariga oid mahorat va amaliy kо'nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Shuning uchun ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: docx