Barkamol avlod kamoloti xususiyatlari va unga ta'sir etuvchi omillar

Barkamol avlod kamoloti xususiyatlari va unga ta'sir etuvchi omillar

O'quvchilarga / Pedagogika
Barkamol avlod kamoloti xususiyatlari va unga ta'sir etuvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Barkamol avlod kamoloti xususiyatlari va unga ta'sir etuvchi omillar Reja: Shaxs kamoloti haqida tushuncha 2. Barkamol shaxs kamol topishiga va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. 3. Turli yosh davrlarda bolaning o'sish xususiyatlari. Kirish Mustaqillik barcha jabhalarda bo'lgani kabi xalq ta'limi sohasida ham katta o'zgarishlar yasadi. ta'lim samaradorligini oshirish, davlat ta'lim standartlarining bajarilish sifatini ta'minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. «ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o'quv dasturlari, o'quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta'lim standartlariga muvofiq holda ta'lim muassasalariga taqdim etildi. ta'lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o'qituvchi faoliyatiga bog'liqdir. O'qituvchi o'quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo'lgan yo'llarni, usul va uslublarni, ta'limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo'naltiradi. Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o'tish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi tarqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o'zgarish sezilmaydi. Ushbu qo'llanmada pedagogika fanidan o'tiladigan mavzular bo'yicha mustaqil ish topshiriqlari berilgan. Talaba har bir mavzu bo'yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lishi, kerakli ma'lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlashi, internet tarmog'idan maqsadli foydalanishi va berilgan topshiriqlarning yechimini belgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur. To'plamda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o'rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo'ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo'l-yo'riqlari ishlangan. ma'ruza matni talabalarning pedagogika fanidan oladigan bilimlarini ko'nikma va malakaga aylantirish uchun, pedagogik kasb xususiyatlaridan voqif bo'lishlari hamda kafolatlangan natijaga erishishlariga hissa qo'shishga yo'naltirilgan va oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishdagi talabalari uchun mo'ljallangan. O'qituvchining maqsadi: Shaxsning kamol topishi haqidagi ilmiy ta'limotlarni talabalarga tushuntirib beradi. Shaxs sifatida kamol topishning xususiyatlarini farqlashga o'rgatadi. Har bir talabada o'zining kamolot xususiyatlarini tahlil qilishga o'rgatadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning azosi tushuniladi. Odam shaxs bo'lmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. U o'zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib, malum bir bosqichga etsagina uni mukammal kamol topgan inson deyiladi. Shaxsning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga , jamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.12 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.12 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga