Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari

Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari Reja: Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari. Barkamol avlod tarbiyasida tarbiya tarkibiy qismlarining o'rni. Fikr, aql va iymon tarbiyasi. mehnat va kasb tarbiyasi. Nafosat va sog'lomlashtirish tarbiyasi. huquqiy, iqtisodiy va ekologik tarbiya. «Kelajak avlod haqida kaygurish, sog'lom barkamol naslni tarbiyalab etishtirish - bizning milliy xususiyatimizdir.» I.A.Karimov. 1. Pedagogikada «Tarbiya» so'zi turli manoda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial manoda, ijtimoiy hodisa sifatida ko'llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo'nalishida olib boradigan harakatlarini o'z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o'sib kelayotgan yosh avlodni xar tomonlama kamol toptirish yo'lida xizmat qiladi. Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda «tarbiya» so'zi aniq tor yo'nalishni belgilash uchun xam ishlatiladi. Xuddi shu manoda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi. 2. Tarbiya - kishilik jamiyatida ibtidosida paydo bo'lgan va shariat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o'rtasidagi aloqani ta'minlaydi. Kattalar o'zlarining turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o'zidan keyingi avlodga o'rgatib borganlar. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida katta yo'lni, bu yo'lda u turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o'tdi. Bu xol tarbiya jarayoninig takomillashib borishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari aqliy tarbiya, ma'naviy, barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy kismi hisoblanib, uning mazmunida yosh avlodni tabiat, jamiyat taraqqiyoti qonunlari kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimi bilan tanishtirishga qaratilgan va mazkur bilimlari asosida, o'quvchi yoshlarda ilmiy dunyoqarash asosini shakllantirishga qaratilgan tarbiyadir. Tabiat, jamiyat va tafakkur to'grisidagi fakt asoslari bo'yicha sistemali bilimlar bilan qurollantirish: aqliy faoliyat ko'nikma va . malakalarini shakllantirish yani kuzatish, taqqoslash tushunchalar hosil qilish hodisalarning sabab - oqibatlarini tushunish, o'quv materialini chuqur egallashni o'rgatish: o'quv materiallarini mustaqil so'zlashni o'rgatish: bilishga kizikish motivlarini, qobiliyat va o'quv - biluv ko'nikmalarini rivojlantirish o'qishning ijtimoiy ahamiyati motivlarini shakllantirish. Mafkuraviy (g'oyaviy-siyosiy) tarbiya. Mafkura-bu bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy asoslovchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy qarashlarning bir tizimidir. Jamiyat ma'naviyati ichida turli mafkuralar bo'lishi mumkin. Ammo, shuni takidlash joizki, bir jamiyat, ijtimoiy guruh yoki millatning mafkurasini majburan kabul kildirish mumkin emas. istiqlol mafkurasi asriy milliy qadriyatlarimizga va yangi vujudga kelgan va kelayotgan, xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga - xalq tafakkuriga asoslanadi. Mafkuraviy tarbiya yoshlarni: mamlakatning ichki va tashqi siyosatining tub mohiyatini anglab etishga; - mamlakatga mavjud bir necha siyosiy partiyalarning yagona maqsad - istiqlol manfaatlarini mustahkamlashga, mamlakatda demokratiya va erkinlikni rivojlantirishga; o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash; din tarixi haqida ma'lumot berishga; - ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari va istiqbollarini tushunishni shakllantirish; o'quvchilar siyosiy ongliligi va ijtimoiy aktivligini rivojlantirish; o'quvchilarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.86 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.86 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga