Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya

Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya - rasmi

Material tavsifi

Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya Reja: I-Kirish. II-Аsosiy qism 1. Tarbiya haqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari. 2. Tarbiya mazmuni 3. Tarbiya jarayonining mohiyati Foydalanilgan adabiyotlar: Hozirgi sharoitda insonga ijtimoiy muhit ko'rsatayogan ta'sirini quyidagicha tasnif etish mumkin: Birinchidan, har bir insonga bo'lgan global ta'sir, ya'ni radio, televidenie, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashinuvi; Ikkinchidan, mamalkat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta'sir insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to hayotdan ko'z yumgunigacha o'z orbitasida tutib turadi; Uchinchidan, insonni avval boshidan o'rab turgan mikromuhit - oila, maktab, ko'cha va hokazolar o'z ta'siriga oladi. Anna shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, inson shaxsning shakllanishidagi birinchi bosqich - oiladir. Oila bioijtimoiy sifatga ega bo'lgan tuzilma sifatida jamiyatning barqaror va dastlabki bo'g'inidir. Oilada go'dak ilk bor ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni anglamagan holda o'zlashtiradi va ular zamirida faolligini asta-sekinlik bilan oishirib boradi. Maktab, turli ijitmoiy guruhlar (masalan, tengdoshlar, sport uyushmalari va boshqalar) bilan muloqat davomida madaniy ideallik qaror topa borib, shaxs shakllanishining muhim manbaiga aylanadi. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. I.A.Karimov Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. YOsh avlodni tarbiyalashda nimalarga e'tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to'g'ri keladi. CHunki davr ham, inson tarbiyasi ham o'zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo'lib kirib keldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta'sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, halq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg'or fikrlariga tayanib ish ko'rish zarur bo'ladi. YOshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda SHarq mutafakkirlarining qimmatli ma'naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo'ladi. Muhammad al-Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg'oniy, Imom Ismoil al-Buhoriy, Ahmad YAssaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'z o'tmish madaniy merosini chuqur o'rganmagan va e'zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o'tgan tarixiy yo'lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo'lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan habardor bo'lmagan inson o'zligini hech hachon anglab etolmaydi. O'tmish madaniy merosini o'rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g'oyalarni yosh avlod ongiga singdirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.36 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 9.36 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga