Barkamol inson tarbiyasi

Barkamol inson tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Barkamol inson tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Barkamol inson tarbiyasi REJA: Kirish Ma'naviy barkamol inson deganda nimani tushunamiz. Ma'naviy barkamol insonni komil insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashda zamon talabi. I. Karimov ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash to'g'risidagi g'oyalar. Barkamol insonni tarbiyalashda man'naviy mezonning asosi va uni taraqqiy etish masalalari. Xulosa. Ma'naviy barkamol inson Inson qalbiga yo'l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Shu o'rinda beixtiyor buyuk bobokalonimiz Mahmudxo'ja Behbudiyning ushbu so'zlari yodimizga tushadi: Dunyoda turmoq uchun fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo'lur. Biz, yoshlarning beg'ubor qalbimizga bilim chirog'ini yoqqan, hayot maktabidan ta'lim-tarbiya bergan, aziz va mo''tabar ustozlarimizni murabbiylarimizni har doim e'zozlashimiz lozim. Zero, xalqimizda Ustoz otangdek ulug' degan purma'no iboraning mavjudligi ham o'qituvchi mehnatining jamiyatda qanchalik muhim o'rin tutishidan dalolat beradi. Inson umri davomida qanday yutuqlarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktabda olgan ta'lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo'lib etishishiga poydevor bo'lib xizmat qiladi. O'qituvchi o'z ta'limi va tarbiyasi bilan inson hamda jamiyat taraqqiyotiga o'z hissasini va ta'sirini ko'rsatadi. Ma'rifatparvar bobolarimizdan Abdurauf Fitrat fikrini davom ettirib aytish mumkinki, dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir. Yurtimizda 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi ham bu sharafli kasb egalariga azaliy hurmat-ehtiromning yaqqol dalilidir. onalar va bolalar muhofazasi Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'lsa oladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan ldab bo'lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikri - uyi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo'ladi. I.A. Karimov Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'lsa oladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan ldab bo'lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikri - uyi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo'ladi. I.A. Karimov Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini yoki oddiy qilib aytganda, davlat ichidagi kichkina davlat sifatida o'ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Oilalarimiz qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyatimiz shuncha mustahkam bo'ladi, xalq iborasi bilan aytganda, sinchi mustahkam imorat qulamaydi. Respublikamizda oilaga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Yoshlarimizning sog'lom va mustahkam oila qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oila jamiyatning asosini tashkil etar ekan, xo'sh, oilaning asosini nima tashkil etadi? Albatta, oilaning asosini qonuniy nikoh tashkil etadi. Chunki faqat qonuniy nikohgina oilada yer-xotin va bolalar o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlarga asos bo'ladi. Oila kodeksida nikoh tuzishning ixtiyoriyligi belgilab qo'yilgan. Lekin fuqarolarimiz, oila ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga