«Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo xaloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir» Abdulla Avloniy Barkamol insonni tarbiyalashda ta'lim muassasalari, oila va jamoatchilik hamkorligi samaradorligini oshirish masalalari RYeJA Barkamol inson tushunchasi Oila, mahalla, ta'lim muassasalarining ta'lim-tarbiyadagi o'rni. Hamkorlik masalasi ta'lim muassasalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirish me'yoriy hujjatlari mazmuni Yosh avlodni vatanparvarlik insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga diniy va milliy bag'rikenglik, yuksak ma'naviyat egasi bo'lish hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan karaydigan, insoniy qadr-qimmatni ezozlaydigan qilib tarbiyalashda o'zaro chambarchas bog'lik uch omil - oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Ular orasidagi samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish o'smirlar orasida tartibbuzarliq, o'g'riliq, tanga jarohat yetkazish, nomusga tajovvo'z qilish, giyohvandlik va shunga o'xshash illatlarning oldini olishda, bugungi kunning ma'naviy yetuk yoshlarini tarbiyalashda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. «Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir» «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobidan «maqsadimiz - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Yani, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat» Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz» nomli ma'ruzalaridagi fikrlari Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to'rt jihatga etiborni qaratdi, yani har bir fuqaro: o'z haq-huququni taniydigan bo'lsin, buning uchun kurashsin; o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo'lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko'rsin; atrofida sodir bulayotgan vokea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg'un holda ko'rib, faoliyat yuritsin. «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo'lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to'rt narsa kamolatga etgan bo'lsin: yaxshi so'z, yaxshi fel, yaxshi axloq va maorif». Nasafiy Oila sog'lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqarordir «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobidan 63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. 64-modda. Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi. 65-modda. Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 66-modda. Voyaga etgan, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
230.42 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
230.42 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: ppt