Barkamol insonning sharqona fazilatlari

Barkamol insonning sharqona fazilatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Barkamol insonning sharqona fazilatlari - rasmi

Material tavsifi

Barkamol insonning sharqona fazilatlari Reja: 1. Islom Karimov ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash zamona talabi ekanligi to'g'risida. 2. Ma'naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati. 3. Komil inson va uning Sharqona fazilatlari. Ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash Bugungi kunda ma'naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzluksiz e'tibor berib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning har bir nutqi va ma'ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma'naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta'kidlanmoqda. «Zero, - deb uqtiradi Islom Karimov, - biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma'naviy barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar ongida nechog'lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz» . Inson ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma'naviyatni yuksaltirish yo'lida ko'zlangan maqsad to'la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O'zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida» asarida ta'kidlaganidek: «Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaffaqiyatli olg'a siljishida hal qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir» . Haqiqatan faqat ma'naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma'naviy sog'lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo'lishi mumkin . Ma'naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma'naviy barkamol inson tushunchasi sog'lom avlod tushunchasi bilan ham bog'lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo'lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Buyuk kelajak ma'naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko'taradi. Boshqacha aytganda ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning qo'yidagi sabog'i ibratlidir: «Biz sog'lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki Sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 401.91 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:48 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 401.91 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga