Barqaror rivojlanish uchun ta'lim EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH Bugungi kunda sayyoramizda yuz berayotgan anomal tabiiy o'zgarishlar ekologik muammolarni hal etishga alohida e'tibor qaratishni, atrof-muhitni himoya qilish ishlarini tubdan yaxshilashni talab etmoqda Tabiat boyliklariga bee'tibor munosabatda bo'lish vaqti allaqachon o'tgan. Prezidentimiz Islom Karimov buni oliy darajadagi ko'plab nufuzli xalqaro uchrashuvlarda, jumladan, BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag'ishlangan yalpi majlisidagi nutqida ham ta'kidlab, jahon hamjamiyatini ushbu yo'nalishda, birinchi navbatda, Orolbo'yi inqirozining ekologik oqibatlarini bartaraf etish borasida sa'y-harakatlarni birlashtirishga da'vat etdi. Orol inqirozi - oqibatini o'ylamasdan xo'jalik yuritish faoliyati bizni o'rab turgan atrof-muhitga qanchalik zararli ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan yaqqol dalolatdir. Ilgari iqtisodiy rivojlanishga nisbatan keng qo'llanilgan bunday yondashuvning ayanchli oqibatlarini hozir boshdan kechirmoqdamiz. Ular, afsuski, iqlim o'zgarishiga ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. So'nggi o'n yilda atmosferada karbonat angidrid gazining to'planishi uch baravar, metan gazining to'planishi 2,5 baravar oshdi. Havoga yuz million tonnalab xlorftoruglerodlar chiqarildi. Vaholanki, o'tgan asrning o'rtalarigacha Yer yuzida ushbu moddalar umuman bo'lmagan. Sanoat, qishloq xo'jaligi faoliyati, transport va boshqa tarmoqlar chiqindilari atmosfera kimyoviy tarkibining jiddiy o'zgarishiga sabab bo'lmoqda va ularning tabiatga ta'siri uzluksiz kuchayib borayotir. Yana shuni e'tiborga olish kerakki, ayni paytda sayyoramizda atrof-muhit, jumladan, iqlimni tartibga solishdek muhim vazifani bajaradigan tabiiy ekotizimlarning 40 foizi yo'qolib ketgan. Cho'llanish jarayonining kuchayishi va biologik xilma-xillikning kamayishi oqibatida Yerning yuza qatlamidagi katta hududlarning nam almashinish va nur qaytarish qobiliyati o'zgargan, ekotizimlarning atropogen chiqindilarni yutish imkoniyatlari pasaygan. Ekologik vaziyatning oqibatlari O'zbekiston mintaqada ekologik ahvolni yaxshilash uchun qanday choralar ko'rmoqda? - Ekologik barqarorlikni ta'minlash Mingyillik rivojlanishning muhim maqsadlaridan biri bo'lib, tabiat hamda uning resurslariga oqilona va mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishning yangi xalqaro etikasini aks ettiradi. Bu vazifa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga yo'naltirilgan faoliyat doirasida atrof-muhitni barqaror boshqarish prinsiplarini amalga oshirish orqali hal etilmoqda. Davlatimiz rahbari bunga katta e'tibor qaratmoqda. Orolning ekologik faloqatini va tabiatdan nooqilona foydalanish oqibatlarini boshdan kechirgan mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bu boradagi xalqaro dasturlarni bajarishda faol ishtirok etish bilan birga keng ko'lamli o'z loyihalari hamda milliy harakat rejalarini amalga oshirmoqda. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishi aholi farovonligi hamda salomatligi, shuningdek, tabiiy ekotizimlar va atrof-muhitning barqarorligini saqlab turish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni qayta tiklash orqali kafolatlanishi mumkin. Bu borada O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning to'laqonli subyekti sifatida mustaqil siyosat olib borayotgani diqqatga sazovordir. Ekologik inqiroz - jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatining yomonlashib borishi, davlat boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo'qolishi, ya'ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
760.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
760.19 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:48 ]
Arxiv ichida: ppt