Bibliografik xizmat ko'rsatish va o'quv jarayonida ahamiyati

Bibliografik xizmat ko'rsatish va o'quv jarayonida ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Bibliografik xizmat ko'rsatish va o'quv jarayonida ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Bibliografik xizmat ko'rsatish va o'quv jarayonida ahamiyati RYeJA: 1. Ko'rsatkichlar, adabiyotlarni qidirish sistemasi. 2. ma'lumotnoma-Bibliografik apparatining tarkibiy qismi. 3. Bibliografik xizmat ko'rsatish. Tavsiya ro'yxatlarini tuzish. Bibliografik faoliyat-bu kutubxonalar, ilmiy - texnika axboroti organlari, nashriyotlar va hujjatlar aloqa yo'llari tizimidagi boshqa jamoat institutlari tomonidan ilmiy-yordamchi, ishlab chiqarish, tarbiyaviy, targ'ibotchilik va boshqa maqsadlarda bibliografik axborotga bo'lgan ehtiyojni har tomonlama qondirishga xizmat qiluvchi hujjatli axborot faoliyati sohasidir. Bibliografik faoliyat bibliografik faoliyatning maqsadi, subyekti, obyekti (predmeti), jarayonlari, vositalari va natijalari kabi asosiy tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Bibliografik faoliyatning maqsadi kutilayotgan natijaning xayoliy kolipi sifatida subyektning onggida joylashgan va shakllanadigan faoliyatni ko'zg'atuvchi sifatida keladi. Shu sababli bibliografik faoliyatning maqsadlari uning subyekti bilan aloqada va birgalikda ko'rib chiqiladi. Bibliografik faoliyatning bosh, markaziy, tizimni hosil qiluvchi tarkibiy qismi uning subyektlaridir. Aynan subyekt butun tizimning harakatlantiruvchi asosiy kuchidir. U maqsadni shakllantiradi va yuzaga keltiradi, jarayonlarni amalga oshiradi, vositalarni ishlab chiqadi va foydalanadi. Faoliyatning natijalari (bibliografik mahsulot) ni tuzadi. a) Bibliografik faoliyatning subyektlari va maqsadlari Bibliografik faoliyatning bosh subyekti - bibliografik axborotni ishlab chiqish, iste'molchiga yetkazish va bibliografik axborotdan foydalanishni tashkil etish bilan shugullanuvchi mutaxassis-bibl iografdir. Bibliografik faoliyatning sifati va samaradorligi bibliografning amaliy tayyorgarligi va nazariy bilim darajasiga bog'liq. Shu sababli xam bibliograf mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish ) tizimi muhim rol uynaydi va unga alohida etibor beriladi. Bibliograf-kasbiy xotirasi rivojlangan, bibliografik ma'lumotlarni eslab qolishga o'rgangan, chidamli, mantiqiy fikrlash doirasi rivojlangan; tez qaror qabul qila oladigan, manbalar doirasini yaxshi bilgan, ularning biridan ikkinchisiga tez o'ta oladigan bo'lishi; umumilmiy va o'z mutaxassisligi bo'yicha bilimlarni chuqur egallagan, bilimini amalda tadbiq qila oladigan, bibliografik qidirish olib bora oladigan, manbalardan foydalana oladigan, obyektiv olamni idrok etuvchi ongli shaxs bo'lishi zarur. Bibliografik faoliyatning maqsadlari- bibliografik jarayonlarda subyekt sifatida bibliograf tomonidan keltirib chiqariladigan ichki va tashqi shart - sharoitlarga ko'ra xilma - xildir. Umumiy yakuniy maqsad - jamiyat a'zolarining axborot ehtiyojlarini qondirishga ta'sir etishdir. Bu maqsad bibliograf tomonidan mustaqil maqsad sifatida (qidirib topish,xabar berish, tavsiya etish) ham tushunilishi mumkin. Bu maqsad ichida biliografik faoliyatning yo'nalishi va turli sohalari bilan bog'liq bo'lgan yanada anikroq maqsadlar ajralib chiqadi. Xususan olganda, bibliografik faoliyatning hamma tarkibiy qismlari va ularning ichki bo'linmalari ham maqsadlar sifatida anglanishi mumkin. Bibliografik faoliyatning ikkinchi subyekt-bibliografik faoliyat bilan vaqtincha shug'ullanuvchi olim, o'qituvchi, yozuvchi, muxbir-axborot iste'molchilardir. Ular bibliografik axborotni istemol qilish bilan birga o'zi ish faoliyati davomida bibliografik axborot manbasini (yani ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ruyxatini ) tuzadilar. Bibliografiyaga keng manoda qaralganda bibliografiyashunos yani bibliografiya sohasida ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodim, bibliografiya fanlarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga