Bilim ko'nikma va malakalarni tekshirish metodlari O'quvchilarning bilim, ko'nikma hamda malakalarini tekshirish og'zaki, yozma va amaliy bo'lishi mumkin. yozma tekshirish va mustaqil ishlar bilimlarni tekshirishning asosiy shakllari hisoblanadi. Yozma tekshirish o'quvchilarning bilimlari sifatini: to'g'riligi, aniqligi, anglab olingani, amalga tadbiq etilishi to'g'risida bir fikrga kelish va qisqa vaqt ichida guruhdagi barcha o'quvchilar bilimini tekshirib ko'rishga imkon beradi. Yozma tekshirish, asosan yozma grafik ishlarni bajartirish bilan amalga oshiriladi. Yozma tekshirish ishlari ikki xil bo'lishi mumkin: mavzu bo'yicha va yakuniy tekshirish ishlari guruh mavzuni urganib bo'lgandan keyin, yakuniy tekshirish bir necha mavzu utib bulingandan keyin o'tkaziladi. O'quvchilardan yakka tartibda va frontal surash bilimlarni joriy, mavzu bo'yicha, yakuniy tekshirishning keng tarkalgan shakllaridir. Savol xam o'quvchilarga beriladi. Yakka tartibda surash chogida o'quvchi doska oldida javob beradi. Uning javobini butun guruh eshitib turadi. O'quvchilar yul qo'yilgan xatolarni to'g'rilaydilar, kushimchalar va izoxlarni kiritadilar. Yakka tartibda surashda darsning xam ko'p vaqti ketadi. Bunda guruhdagi o'quvchilarning bilish faolligi susayadi. Ammo undan butunlay voz kechish yaramaydi, yakka tartibda surashning ahamiyati o'quvchilarning nutqini, xotirasini va tafakkurini rivojlantirishdadir. Yakka tartibda surash vaqtida barcha o'quvchilarning faolligini oshirish kerak. Yakka tartibda surashdan tashqari, og'zaki tekshirish xam o'qituvchining guruh bilan suhbati shaklida amalga oshiriladi. Bu holda o'qituvchining savollariga qisqa javoblar qaytarilishi lozim, shunda suhbatda kuprok o'quvchi ishtirok etadi. Bunday surash, yakka tartibda deb ataladi. U utilgan materialni takrorlash bilan uzviy kushib olib boriladi, natijada bilimlar esdan chikib qolishining oldi olinadi va ular mustahkamlanadi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini amalda tekshirish o'quvchilar olgan bilimlarini tegishli sharoitda qanday tadbiq eta bilishlarini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bunday tekshirishda o'quvchilar o'z bilimlariningto'g'riligiga va ularni mustahkamlashni davom ettirish zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Keyingi yillarda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini amalda tekshirishning metodlari, shakllari hamda vositalarini takomillashtirish bo'yicha pedagogika amaliyotida ancha ishlar qilindi. Bu borada yangi tadbirlarni izlash natijasida kator o'quv yurtlarida maxsus nazorat qiluvchi qurilmalar yordamida surash usuli kullana boshlandi. Shulardan biri test yordamida tekshirishdir. O'quvchilar bilimini tekshirishdan maqsad - ularning uzlashtirish darajasini aniqlashdir. Testlarning uzlashtirish darajasi bo'yicha tasnifi 3-rasmda berilgan. Unda uzlashtirishning darajasi, testlarning turi va har xil ko'rinishlari aks ettirilgan. 1 darajali uzlashtirish testlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Aniqlash testlari. O'quvchilarga savollar beriladi. Ular XA yoki YUK deb javob berishlari kerak bo'lsa, alternativ topshiriqlardan foydalaniladi. 2. farqlash testlari. Bu testda ko'p tanlab olinadigan topshiriqlardan bir necha javoblardan bitta tanlash taklif etiladi. 3. o'xshash (solishtirish) testlari. Bunda urganilayotgan obyektning umumiyligini yoki tafovutlarini topish kerak bo'ladi, solishtiriladigan xususiyat va parametrlar albatta topshiriqda beriladi. Uxshatish testlarini tuzish qiyinchiliklar tugdirmaydi va mashinaga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc