Bilim o'quv hamda malakalarni baholashni reyting tizimi

Bilim o'quv hamda malakalarni baholashni reyting tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bilim o'quv hamda malakalarni baholashni reyting tizimi - rasmi

Material tavsifi

Bilim o'quv hamda malakalarni baholashni reyting tizimi Reyting tizimini joriy etilishining maqsadlari. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» hamda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli karorida kuzda tutilgan Reyting tizimi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'limi standartlarining tarkibiy qismi bo'lib, uni bajarilishi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo'yilgan. ta'lim sohasida reyting tizimini qo'llanilishida asosan quyidagi maqsadlar kuzda tutilgan: reyting tizimi o'quvchilar bilim ko'rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o'quvchini o'qishga va foydali mehnatga bo'lgan munosabatini obyektiv kompleks baholab beradi; reyting, o'quvchi shaxsini sifat ko'rsatkichini aniqlaydigan sonli ko'rsatkichdir; O'quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni taqqoslab borish; O'quvchilarda o'qishga intilishga va o'zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash; O'quv yurtlarida ishlab chiqarish ta'limi ustalari hamda o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini to'g'ri baholash; O'quvchilar bilim saviyasi va malaka ko'nikmalarini xakkoniy baholash; O'quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo'yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish; O'quvchi va o'qituvchining o'z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o'quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o'z faoliyatida zaruriy uzgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish. Reyting tizimi Yuqorida sanab utilgan maqsadlarni uzida mujassamlashtirgan bo'lib, o'quvchilarning bilim sifatini xakkoniy baholash, ularning bilimini o'zaro taqqoslash orqali o'quv jarayonida musobaqa, yani bellashish muhitini yaratish imkonini beradi. Reyting tizimining mazmuni. Reyting tizimida o'quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholab boriladi. Reyting nazorat tizimining asosida o'quv rejasiga kiritilgan xar bir fanning o'quvchi uzlashtirishining sifat ko'rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi. Xar bir o'qituvchi o'z fani bo'yicha reyting tizimini loyihalashtirishda quyidagilarga asoslanishi kerak: Xar bir fan bo'yicha semestr davomida o'quvchi to'plashi mumkin bo'lgan maksimal bal 100 ballni tashkil etadi; Xar bir fan uchun ajratilgan maksimal bal nazorat turlari bo'yicha quyidagicha taksimlanadi: Joriy nazorat (JN) bo'yicha 60%, yani 60 bal; Oralik nazorat (ON) bo'yicha 20%, yani 20 bal; Yakuniy nazorat (YaN) bo'yicha 20%, yani 20 bal. Bu ballar baho va foiz jihatidan quyidagicha taksimlanadi: 3. Joriy nazorat (JN) - og'zakiy surov, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi, test surovlari, kartochka surovlari, mustaqil ishlar va xokazo, yani siz amaliyot davomida qo'llaniladigan barcha surov turlarini o'z ichiga oladi. «JN»da o'tkaziladigan surov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilash mumkin: T - test surovlari; O - og'zaki surov; K - kartochka surov; L - laboratoriya ishi; M - masala yechish; U - uy vazifasi; Kl - kurs loyihasi; Yo - yozma ish; Td - texnikaviy diktant; A - amaliy ish; Mk - muammolar kuyish; Mi - mustaqil ish. 4. Bazi surov turlarining xususiyatlariga, ularni o'tkazish imkoniyatlariga karab va barcha o'quvchilarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.49 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.49 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga