Reja: O'qitishning reyting tizimi, uning maqsadi Bilim, o'quv hamda malakalarni tekshirish Baholashning reyting tizimi Reyting tizimining mazmuni va uning bosqichlari Amaliy, laboratoriya mashg'ulotlarining o'quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi ahamiyati O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi hamda Vazirlar Maxkamasining 204-sonli karorida ko'zda tutilgan Reyting tizimi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'limi standartlarining tarkibiy qismi bo'lib, uni bajarilishi barcha akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun majburiydir deb belgilab qo'yilgan. Ta'lim sohasida reyting tizimini qo'llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko'zda tutilgan: -reyting tizimi o'quvchilar bilim ko'rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o'quvchini o'qishga va foydali mehnatga bo'lgan munosabatini ob'ektiv -kompleks baholab beradi; -reyting, o'quvchi shaxsini sifat ko'rsatkichini aniqlaydigan sonli ko'rsatkichdir; -o'quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni takkoslab borish; -o'quvchilarda o'qishga intilishga va o'zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash; O'quv yurtlarida ishlab chiqarish ta'limi ustalari hamda o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini to'ғri baholash; -o'quvchilar bilim saviyasi va malaka ko'nikmalarini xaqqoniy baholash; -o'quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo'yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish; -o'quvchi va o'qituvchining o'z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o'quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o'z faoliyatida zaruriy o'zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish. Reyting tizimi yuqorida sanab o'tilgan maqsadlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, o'quvchilarning bilim sifatini xaqqoniy baholash, ularning bilimini o'zaro takkoslash orqali o'quv jarayonida musobaka, ya'ni bellashish muxitini yaratish imkonini beradi. Reyting tizimining mazmuni. Reyting tizimida o'quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholab boriladi. Reyting nazorat tizimining asosida o'quv rejasiga kiritilgan har bir fanning o'quvchi o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi. Har bir o'qituvchi o'z fani bo'yicha reyting tizimini loyihalashtirishda quyidagilarga asoslanishi kerak: 1. Har bir fan bo'yicha semestr davomida o'quvchi to'plashi mumkin bo'lgan maksimal bal 100 ballni tashkil etadi; 2. Har bir fan uchun ajratilgan maksimal bal nazorat turlari bo'yicha quyidagicha taksimlanadi: Joriy nazorat (JN) bo'yicha 45%, ya'ni 45 bal; Oralik nazorat (ON) bo'yicha 40%, ya'ni 40 bal; YAkuniy nazorat (YAN) bo'yicha 15%, ya'ni 15 bal. Bu ballar baxo va foiz jixatidan quyidagicha taksimlanadi: 3. Joriy nazorat (JN) - oғzakiy so'rov , seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi, test so'rov lari, kartochka so'rov lari, mustaqil ishlar va xokazo, ya'ni siz amaliyot davomida qo'llaniladigan barcha so'rov turlarini o'z ichiga oladi. JNda o'tkaziladigan so'rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilash mumkin: T - test so'rov lari; O - oғzaki so'rov ; K - kartochka so'rov ; L - laboratoriya ishi; M - masala echish; U - uy vazifasi; Kl - kurs loyixasi; YO - yozma ish; Td - texnikaviy diktant; A ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.29 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.29 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc