Bilimdonlik, halollik, rostgo'ylik Bilimdonlik, halollik, rostgo'ylik - o'qituvchining muhim axloqiy fazilati, ma'naviy boyligi hisoblanadi. Bu fazilatlar insoniy munosabatlarni go'zallashtiradi. Insonning moddiy ehtiyojlari cheklangan bo'ladi va tula kondirilishi mumkin. Lekin ma'naviy ehtiyojlar ma'naviy boyliklar singari cheksizdir. Kishi yaratgan ma'naviy boyliklarni kanchalik ko'p uzlashtirsa, uning shaxsi shunchalik barkamol bo'ladi. o'qituvchining boyligi, bilimdonligi xalq manfaatiga, yoshlarning baxti, istiqboli, kelajagiga karatilishi, xizmat qilishi zarur. Mashxur mutafakkir aytganidek, agar kishi fakat o'zi uchungina ishlasa, u mashxur olim, uluG donishmand, ajoyib shoir bo'lishi mumkin, lekin u xech kachon haqiqiy barkamol inson bula olmaydi. Buyuk kishi bo'lishi uchun avvalo jamiyat taraqqiyoti yo'lida, insoniyatning buyuk orzu - istaklarini ruyobga chiqarish yo'lida xizmat kilmok va buning uchun zarur bulsa, o'z hayotini xam kurbon qilishga tayyor turmok kerak. Muallimning bilimdon bo'lishi, insoniyat yaratgan ma'naviy boyliklarni ko'paytirishi va uni yoshlarga astoydil o'rgatishi, o'z ishidan kanoat hosil qilishi, o'z kasbini, bolalarni dildan sevib, berilib ishlashi - bularning barchasi o'quvchi shaxsining shakllanishiga ta'sir etadi. Xar tomonlama bilim va yuksak madaniyatga ega bo'lish o'qituvchi odobining talablaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat kishisining ideali insonning aqliy barkamol, ma'naviy boy, ishbilarmon, axloq-odobli, halol, rostgo'y, o'zini tuta oladigan bo'lishini takazo qiladi. Maktab o'quvchilari bu idealga intiladilar. o'quvchiga axloqiy ta'sir o'tkazishining samarasi o'qituvchining chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, barkamol inson bo'lishiga bog'liq. Muallim-o'zi ukitadigan fanini yaxshi bilishiva undan tuzukkina dars berishi bilangina bunga erisha olmaydi. haqiqiy ustoz o'z predmetini bilish bilangina cheklanib kola olmaydi. U juda ko'p narsalarni bilishga, tushunishga, his etishga intilishi lozim. Mafkuraviy hayot, badiiy adabiyot, tasviriy san'at, teatr, kino, televideniya, musiqa, arxitektura, sport - muallim bularning barchasidan xabardor, ularni tushunadigan, kadrlaydigan bo'lishi talab etiladi. Ukutuvchi xamma narsanikura oladigan bo'lishi zarur, lekin xar joydan bir shingil emas, balki, avvalo, o'z ishini, o'zi ukitadigan fanni puxta bilishi, shu bilan birga bilimlarning boshqa sohalariga xam kizikishi, ulardan xabardor bo'lishi kerak. o'qituvchilik faoliyati uchun bu sifatlar zaruriy hisoblanadi. Ilm - fan rivojlanib, yangi texnologiyalar joriy etilayotgan hozirgi davrda bolalar bilim oladigan manbalar yil sayin kupayib bormokda. Badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, gazeta, jurnal, radio va televizion eshittirishlar, muzey va ko'rgazmalarga bolalar juda kizikadilar, shuning uchun xam muallim juda ko'p narsani bilishi, xamma narsadan xabardor bo'lishi kerak. o'qituvchi madaniyatning biror sohasidan xam xabarsiz qolishi mumkin emas. U bolani kiziktiradigan barcha savollarga to'g'ri, urinli javob qaytarishi lozim. o'z fanidan boshqa xech narsaga kizikmaydigan muallim o'qituvchilar uchun ideal bula olmaydi. Jamiyat xamma vaqt o'qituvchining umumiy madaniyatiga juda katta talabalar kuyadi. o'qituvchining ma'naviy qiyofasida halollik, rostgo'ylik, axloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik muhim fazilatlardan hisoblanadi. Bu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.7 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc