Bilimlarni baholash texnologiyalari, mashg'ulotlarni tashkil qilish Reja: Bilimlarni baholash texnologiyalari Didaktik testlar va ulardan bilimlarni nazorat qilishda foydalanish Elektron o'quv-uslubiy majmualardan o'quv jarayonida foydalanish uslubiyoti Mutaxassislik fanlari bo'yicha mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi Mutaxasisslik fanlari bo'yicha o'quv faoliyatning turlarini o'quv-metodik jihatdan ta'minlash. Bilimlarni baholash texnologiyalari Nazorat uslublari, ko'ninishlari va vazifalari. Pedagogik nazorat o'quv jarayoni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblandi. Nazorat - o'qitish jarayonining zaruriy komponentasi bo'lib, teskari aloqani ta'minlaydi, tarbiyaviy, o'qitish, rivojlantirish va diognostik vazifalarni bajaradi. Chunki, u o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatining natijalarini, o'qituvchining pedagogik mahorati va yaratilgan o'qitish tizimining sifatini tekshirish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda joriy qilinayotgan o'qitishning jadal uslublari sifatni oshirishga va pedagogik nazorat sohasida bevosita yangi izlanishlarga olib keladi. Bunda nazorat shakllari amalda o'zgarishsiz qoladi. Pedagogik nazorat vaqt bo'yicha dastlabki, joriy, mavzuli, oraliq, natijaviy va yakuniy turlarga ajratiladi. Shakl bo'yicha nazorat tizimini imtihonlar, sinovlar, og'zaki so'rov (suhbat), yozma nazorat, referatlar, seminarlar, kurs ishlari, laboratoriya nazorat ishlari, loyiha ishlari, kundalik yozuvlar, kuzatish jurnallari va boshqalar tashkil etadi. Nazoratning samaradorligi hamda o'z vaqtidaligi imkoniyatini beradigan kompyuter dasturlariga asoslangan nazoratning tashkiliy shakllaridan foydalaniladi. Shunday qilib, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llash orqali o'quv jarayonining nazorat qilish imkoniyatlari kengayadi. 1. Nazorat ko'rinishlari. Didaktikada o'quvchilar bilimini nazorat qilishning quyidagi ko'rinishlari mavjud: joriy, oraliq (davriy), yakuniy va o'zini-o'zi nazorati. Joriy nazoratning (shakllantiruvchi) vazifasi - har bir darsning natijalarini o'zlashtirlganlik darajasini tekshirish va baholash, o'qituvchi tomonidan sinfni va alohida o'quvchilarning ishlarini doimiy o'rganishdan iborat. Ushbu nazorat natijalariga ko'ra o'quvchilar keyingi darslarning materiallarini o'zlashtirishga tayorgarligini aniqlaydi. Ushbu nazorat mobaynida o'qituvchi diqqatini eng qoloq o'quvchilarga qaratilishi ko'p uchraydigan kamchiliklardan biri hisoblanadi. Joriy nazoratning ajralib turadigan xususiyatlardan biri mavzu yoki bo'limni o'rganishning barcha bosqichlarida o'tkazilishidir: o'quv materiali bilan tanishtirish, bilim va ko'nikmalarni shaklatirish va rivlojlantirish, ularni o'zlashtirish va chuqurlashtirish. Joriy nazorat jarayonida o'quvchilardan o'quv materiallarini egallashning aniq bosqichida ko'zda tutilgan bilish darajasidagi bilimlarni talab etish mumkin. shakllantiriluvchi nazoratni samarali foydalanish uchun darsga yoki uning qismiga mo'ljallangan tekshirishning turli-tuman shakl va vositalarini ratsilonal birlashtirish: frontal va individual, og'zaki va yozma asosida qo'llash. Davriy (tematik) nazorat materialni uzoq muddatda (chorak, yarim yillik) yoki alohida o'quvchi va umuman sinfning asosan shakllangan, tizimlashtirilgan bilimlarini alohida o'rganilgan bo'lim materialni egallaganlik darajasini tekshiradi. Nazoratning bunday ko'rinishi, odatda, joriy nazorat bilan birlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Nazorat mazmuniga o'qitishning natijalarini talablariga muvofiq saralanadigan va dasturda belgilangan mavzuning asosiy masalalari kirishi lozim. Tematik nazorato'tilgan mavzu bo'yicha yozma nazorat ishi ko'rinishida ham, sinovli mashg'ulot ko'rinishida ham o'tkazilishi mumkin. Tematik nazoratni o'tkazish mobaynida fazifalarning bir qismi namuna bo'yicha faoliyatga, bir qismi - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc