Bilimlarni uzlashtirishning mohiyati

Bilimlarni uzlashtirishning mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Bilimlarni uzlashtirishning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Bilimlarni uzlashtirishning mohiyati Reja: Kasb-hunar kollejlarida ta'lim mohiyati. o'quvchilar bilish faoliyatining bosqichlari. ta'lim jarayonini boshqarish muammolari. ta'limni intensiflashtirish va faol, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish. Inson uzining butun hayoti va faoliyati davomida obyektiv dunyoni bilib boradi. Bilish dunyoni inson ongida aks etishining murakkab jarayoni bo'lib, u bilmaslikdan bilishga, noanik va tula bo'lmagan bilimlardan ancha aniq va tula bilimlarga tomon harakat qilish sifatida soodir bo'ladi. Bilish tevarak-atrofdagi odamning narsa va hodisalarni hissiy idrok qilishdan boshlanadi. tashqi olamning sezgi, idrok va tasavvurning hosil bo'lishiga olib keladi, bular real borliqdagi narsalarni inson ongida aks ettiradi. Tevarak-atrofdagi olamga muvaffakiyatli ta'sir etish uchun bu olam rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini bilish kerak. Fakat hissiy bilish yordamidagina bu qonunlarning mohiyatini tushunish mumkin emas. Abstrakt tafakkur tabiat va jamiyat hayoti rivojlanishining obyektiv qonunlarini bilishga xizmat qiladi. Abstrakt tafakkur hissiy bilish axborotlarini umumlashtirib, narsa va hodisalardagi xamma muhim bo'lmagan tasodifiy tomonlardan uzoqlashadi hamda narsa va hodisalarning mohiyatiga kirib borib, ularning rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. Umumlashtirish natijalari fan tushunchalari va qonuniyatida ifodalanadi. Ularning haqiqiyligi amaliyotda tikshiriladi, amaliyot bilimlarning haqiqiyligini kursatuvchi oliy mezondir. Birok olimning xali nomalum bo'lgan sirlarini bilishi bilan, o'quvchining fanlar sohasida bayon qilingan bilimlarni bilishi o'rtasida katta farq bor, yani olim yangilikni kashf qiladi, o'quvchi esa tayyor sinalgan bor bilimlarni uzlashtiradi. o'quvchilarning bilimlarni uzlashtirish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga xam egadir. Avvalo bu uzlashtirish bu uzlashtirib olish o'qituvchi rahbarligida bo'ladi va shuning uchun to'g'ri yul bilan amalga oshiriladi. Bu uzlashtirish insonning borliqni bilib olish jarayonida uchraydigan egri-bugri yullar va yanglishuvlarni chetlab utib, ancha qisqa yul va muddatda ruy beradi. o'quvchilar ukib, o'quv fanlarining mazmunini uzlashtira borib, obyektiv olamni bilib boradilar. Ular ilmiy bilimlarning xammasini emas, balki ularning «fan asoslari» deb ataladigan bir kisminigina uzlashtirib oladilar. Malumki, odam muayyan bilim, ko'nikma, malaka hosil qilish uchun xulk-atvor shakllarini xam urganib olishi uchun, ijtimoiy tajribalardan tashkil topgan malakalarning asosiy xajmini egallab olish uchun u o'quv-tarbiya tizimining turli sohalari bilan mashgul bulmogi va bu ishlarga jalb etilmogi kerak. Bunday hodisalarda tegishli bir mazmunni uzlashtirib olish bir-biri bilan aloqador bo'lgan ikki jarayon: ta'lim olish (yoki o'qish) va o'qitish jarayonining natijasi sifatida zikr etiladi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda uzluksiz ta'lim olish g'oyasi amalga oshirilayotgan bir sharoitda ta'lim inson sotsial faolligining predmetli faoliyatning subyekti hamda ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida o'zini doimiy ravishda kamolga etkazishga qaratilgan faol sotsial faoliyatning mustaqil shakli sifatidan kuprok ahamiyat kasb eta boradi. ta'limda kuprok so'zlar-tushunchalar shaklida ifodalangan umumlashtirilgan bilimlar o'qituvchi tomonidan bayon etiladi, o'quvchilar tomonidan esa bu bilimlar idrok kilinadi, uzlashtiriladi, real ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.96 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.96 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga