Bilimlarning ko'nikma va malakalarga aylanish texnologiyasi

Bilimlarning ko'nikma va malakalarga aylanish texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bilimlarning ko'nikma va malakalarga aylanish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: BILIMLARNING KO'NIKMA VA MALAKALARGA AYLANISh TYeXNOLOGIYaSI Davrning dolzarb muammolaridan biri talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, ularda muhim kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Shunday ekan, talabalar ta'lim va tarbiya olish jarayonida o'rganishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning sifati ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. Bilim, ko'nikma va malakalarni egallash ta'lim jarayoni negizini xarakterlab, uning asosi, muhim sharti sifatida yuzaga keladi. Shunga ko'ra pedagogika nazariyasi va amaliyotida ushbu tushunchalar fundamental ahamiyatga ega. Bilim, ko'nikma va malakalarning mazmuni hamda ularning shakllanish jihatlari psixologiya, didaktika, xususiy metodika va talabalarning amaliy mashg'ulotlariga oid keng ko'lamdagi adabiyotlarda nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bu tushunchalarga qanchalik aniq ta'rif berilganligiga qaramasdan mazkur tushunchalar yana ham chuqurroq o'rganishga va nazariy jihatdan har tomonlama asoslanishga muhtoj. Pedagogikaga doir adabiyotlarda bilim tushunchasi, odatda, insonlar tomonidan mavjud bilim va hodisalarni, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini bilish mahsuli sifatida baholanadi. Bunday ta'rif asosan bilimning falsafiy qirrasini ochishga xizmat qiladi. Didaktika nazariyasida esa bilim tushunchasi, asosan, ikki tomonlama izohlanadi: talabalar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar hamda ular tomonidan o'zlashtirilib amaliy faoliyat jarayonida qo'llaniladigan, shaxsiy xislatlarga aylanib qolgan bilimlar. Biz yuqorida keltirgan birinchi ta'rif ta'lim mazmunini belgilab beradi. Bu bilimlar adekvat xarakterga ega bo'lib, jamiyat hayotida, tasdiqlangan moddiy borliqni ifodalaydi. Bilimlar qotib qolgan, o'zgarmas hodisa emas, jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlar ham uzluksiz rivojlanib, aniqlanib, chuqurlashib va bazan jiddiy o'zgarishlarga uchrab, takomillashib boradi. Pedagogika nazariyasida bilimlarga xos bo'lgan ushbu omilni hisobga olgandagina ta'lim mazmunining ilmiyligi ta'minlanadi. O'quv predmeti doirasida taqdim etiladigan bilimlarni ikki guruhga ajratish mumkin: muvofiq tarzdagi fan asoslarini ifodalovchi ilmiy bilimlar hamda dolzarblik va turg'unlik jihatidan o'zgaruvchan bo'lgan axborotlar ko'rinishidagi ilmiy ma'lumotlar. Ilmiy ma'lumotlar, odatda, nazariyalarning mahsuli sifatida yuzaga keladi. Bu bilimlarning muntazam jamlanishi hozirgi fanning muayyan holatini ifodalovchi deduktiv tizimdagi axborotlar hajmining ortib borishiga olib keladi, lekin mazkur fan negizini tashkil qiluvchi bilimlar tizimiga hech qanday o'zgartirish kiritmaydi. Bu holda yangi ma'lumotlarning faqat bir qismigina ilmiy nazariyaning asosiy holatlarini o'zgartirib borish uchun xizmat qiladi. Bunday holda bilimlar qanchalik umumlashgan bo'lsa, ular shunchalik turg'un xarakterga ega bo'ladi. Bilimlar o'rganilayotgan asosiy jihatlarni mantiqiy ketma-ketlikda qamrab olishi, o'zaro bog'liq bo'lishi va har bir o'rganilayotgan tushunchadagi barcha ahamiyatli jihatlarni ochib berishi, yani izchil bo'lishi lozim. O'zlashtiriladigan bilimlarning asosiy sifati - ularning anglanganlik, tushunilganlik darajasida ifodalanadi. Ular talabaning buyum va hodisalarni nafaqat tavsiflab bera olishi, balki o'rganilayotgan dalillarni asoslay olishida, xulosalar chiqara olishida namoyon bo'ladi. Shuningdek, bilimlar o'rganilayotgan buyum va hodisalarning mazmuni hamda qarash ko'lami kengligiga xizmat qiluvchi mukammallikka ega bo'lishi lozim. O'zlashtiriladigan bilimlar hosil qilinadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 763.47 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 763.47 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga