Bilish jarayoni va tadqiqotchining ijodiy xislatlari Ruja: 1. Ilmiy bilim haqida tushuncha 2. Bilish jarayoni xususiyatlari 3. Ilmiy fikrning paydo bo'lishi 4. Umumilmiy tushunchalar va ularning bilishdagi roli 5. Tadqiqotchining shaxsiy faoliyati bosqichlari Ilmiy bilim haqida tushuncha Tayanch iboralar va atamalar: fan, bilim, bilimning tushunar-liligi, bilimni tushunishlik, bilimning mukammalligi, bilimning chuqurligi, bilimning tezkorligi (operativligi), bilimning ixchamligi, bilimning aniqligi va umumiyligi, bilimning tizimiy-ligi, yangi sifat bosqichi, ilmiylik, ilmiy bilim, aqliy faoliyat. Bilim tushunchasi ham keng qamrovli, shu sababli ham uning ta-riflarini har xil ko'rinishda uchratish mumkin, ammo ularda ifodala-nayotgan mazmun-mohiyat umumiydir. Ulardan bazilarini keltiramiz. «Bilim - kishilarning tabiyat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilingan ma'lumotlaridir va yana bilim obyektiv borliqning inson tafakkurida aks etishidir». «Bilim - odamlarning predmetlar va jamiyatni bilish (tasavvur etish, tushu nish) mahsuli». «Bilim-tabiat, jamiyat va tafakkurning qonuniyatlari to'g'risidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va sistemalashtirilgan yig'indisidir». Bu ta'rif umumnazariy qoidalar asosida ifodalangan ta'rifdir va uning yordamida ilmiy bilim haqida ham tushuncha hosil qilinadi. obyektiv borliq haqidagi bilgan ma'lumotlarimiz bilim darajasiga ko'tarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirilishi kerak: bilgan ma'lumotlar axborot ko'rinishiga keltirilishi kerak (istemol uchun tayyorlangan ma'lumot axborot deyiladi); bu ma'lumotlarning vokelikka mutanosibligi; etarli darajada isxonarli bo'lishi; bu ma'lumotlar dalillar bilan asoslangan bo'lishi; ular oddiydan murakkablikka, bilmaslikdan bilishga, mavhum-dan aniq va mukammallikka tomon rivojlanib, takomillashib borishligi. Bu qayd etilgan shartlar birgalikda bajarilgandagina ma'lumotlar bilim darajasiga ko'tariladi va hattoki bunda oldingi ma'lumotga nisbatan yangi sifat bosqichiga ega bo'lgan ma'lumotlarni (axborotlarni) hosil qilish jarayoni uchuy ham bu talablar qo'yiladi. Bu esa ilmiy bilim, degan tushunchani shakllantirishga asos bo'lmoqda. Shu sababli ham bilim nisbiydir, u doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Bulardan tashqari bilim, umumlashgan yoki aniq yoki kengroq, muntazam yoki tizimiy kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Shuning bilan birga bazi bilimlar fan ta'lim amaliyot integratsiya mazmunini aks ettiruvchi ham bo'ladi. Shu sababli bilimning obyektiv sifatlariga tushunarlilik, ilmning chuqurliligi va tushunishliligi, mukammallik, tezkorligi, anikligi, umumlashganlik, tizimlilik, subyektiv sifatlariga ixchamlilik mansubdir. Endi bilimlarga ko'yilgan talablarni ko'rib chiqaylik: 1. Bilimning tushunarliligi - bu sifat, ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlar o'rtasidagi aloqasini tushunishlarida, muhim va asosiy bo'lmagan aloqalarini ajrata bilishda, bilim olish usullari va tamoyillarini bilishda aks etadi. 2. Bilimni tushunishlik - bu o'zlashtirish boshqa ko'rsatkichlarni sintez qiluvchi yakuniy natijalarni ifodalovchi bir muncha umumlashgan sifatdir. U bilimning chuqurliligi, mukammalligi va tizimlanganligiga qarab bir bilimning o'zi turlicha tushunilishi, ifodalanishi va undan foydalanilishi mumkin. Bilimning mukammalligi - buni aniqlash uchun tushunchaNing barcha belgilari va ularning bir-biri bilan aloqasini ajratish kerak. Bilimning chuqurligi - buning uchun u yoki bu tushunchalar va ular o'rtasidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.15 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.15 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: docx