Bilish jarayonlarini rivojlantirish

Bilish jarayonlarini rivojlantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bilish jarayonlarini rivojlantirish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Bilish jarayonlarini rivojlantirish Reja: 1. Ilk yoshdagi bolalarda bilish jarayoninng rivojlanishi. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayoninng rivojlanishi Bilish jarayonining rivojlanishi sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi: Intellektual-anglash malakalari: Bunda bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoj mavjud bo'ladi. Elementar matematik malakalar; Bunda 0-3 yoshda bola boshlang'ich matematik malakalarga ega bo'ladi. 3-4 yoshda bola elementar matematik malakalarga ega bo'ladi. Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat: Bunda bola o'zining tabiiy muhitga qiziqishini namoyon qiladi, fanni o'rganishga faol bo'ladi. Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoj ham mavjud bo'ladi. Bolalarda asosiy intellektual rivojlanish bosqichi maktabgacha va maktab yoshiga to'g'ri keladi. Genetika va irsiyat intellektual salohiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Kimdir tabiatan tez hisoblaydi, kimdir tug'ilganidan boshlab matematikani yaxshi ko'radi, kimdir gapirishdan oldin kuylaydi. Bolalarda aloqa va bilim qobiliyatlarini rivojlantiradigan faoliyatning muntazamligini ta'minlash orqali intellektni rivojlantirish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ota-onalari bilan intellekt, intellektual salohiyat va uni rivojlantirishning dolzarb masalalari to'g'risida suhbat uyushtiriladi. Bolaning aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bilish faoliyatini muayan darajada rivojlangan bо'lishidir. Bu о'rinda: Birinchidan bilish jarayonining о'sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma'no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qо'yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar; Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning tо'liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi; Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda о'qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. . Maktabgacha ta'lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda tafakkur faoliyatida narsalarning har tomonlama tahlil qilish qobiliyati, hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bog'liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, о'xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish kо'nikmasi tarkib toptiriladi. Bolalarda aqliy faoliyatning elementar mustaqilligi: о'z amaliy faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish kо'nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo'yish va uni hal etish kо'nikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli о'zlashtirishi, ularning idrokini, ya'ni sensor tuyg'ularini о'stirish bilan bevosita bog'liqdir. Umumlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida о'sib boradi. Mashg'ulotlarda va kundalik xayotda didaktik o'yinlardan hamda o'yin-mashqlardan keng foydalaniladi. Mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda о'yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o'lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 186.41 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 186.41 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga