Biologiya darsida noan'anaviy usullarni qo'llash metodlari

Biologiya darsida noan'anaviy usullarni qo'llash metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Biologiya darsida noan'anaviy usullarni qo'llash metodlari - rasmi

Material tavsifi

Biologiya darsida noan'anaviy usullarni qo'llash metodlari REJA: 1.Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi texnologiyalar. 2.Biologiyada o'yin mashqlaridan foydalanish. Biologiya o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar deyilganda darsning muayyan bir qismida uy vazifasini so'rash,yangi o'rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalaniladigan texnologiyalar tushuniladi. Ular jumlasiga Keys,Insert,Klaster,Venn diagrammasi,Aqliy hujum,Atamalar zanjiri,tezkor o'yinlar va o'yin mashqlarining turli shakillari va x.k. kiradi. Klaster-cluster-ingliz tilida shajara degan ma'noni anglatadi.Bu texnologiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirgan va o'zlashtiradigan g'oya,nazariya,qonuniyat va tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishni anglash,bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klaster bitta mavzu yoki bob bo'yicha yaxlit tuzish o'quvchilarning tizimli fikr yuritishga zamin yaratadi.Klasterning asosida asosiy g'oya yoki tushuncha o'rin oladi,masalan,genlarning o'zaro ta'siri bo'yicha quyidagicha tuziladi: Genlarning belgilarga ta'siri Bir genning ko'p belgilarga ta'siri Bir genning bir belgiga ta'siri Bir nechta genning bir belgiga ta'siri Venn diagrammasi o'rganilayotgan mavzu yuzasidan o'rin olgan fakt,tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish,sintezlash va taqqoslashni talab etadi.Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun'iy tanlash,yashash uchun kurash shakillarini tahlil qilish,sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin.Venn diagrammasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: O'xshashligi sun'iy tanlashning o'ziga xos xususiyatlari Tabiiy tanlanishning o'ziga xos xususiyatlari Atamalar zanjiri bu atamalar va ularning ta'riflari bo'lib,ulardan o'qtuvchi o'tgan mavzuni yakunlash,yani o'rganilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning birlamchi bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanilganligi sababli,lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muofiq. Bunda o'quvchilarning kichik guruh a'zolaridan og'zaki holda atamalarni ketma-ket avvalgilarini takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga ko'ra o'zaro bog'liq holda yangi atama qo'shishi talab etiladi.Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan o'yin yakunida guruh a'zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi.Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta'rif berish va ularni izoxlash talab etadi. Biologiyani o'qitishda,boshqa didaktik o,yinlar bilan bir qatorda o'yin mashqlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish maqsadga muofiq. Kuzatuvchanlik mashqi O'qtuvchi o'quvchilarga bir yoki ikkita o'simlikning rasmini ko'rsatadi.O'quvchilar xotiralarida saqlanib qolgan belgilarni daftarga yozadilar.5-sinf o'quvchilari o'simlikning nomini,hayotiy shaklini,ildiz turini,o't yoki yog'och poya ekanini,bargining oddiy yoki murakkabligini,ko'payish usuli kabi belgilarini yozadilar. 6-sinf o'quvchilari esa yuqorida berilganlarga qo'shimcha yuksak yoki tuban o'simlik,bo'limi,sinfi,oilasi,guli,mevasining turi,yashash joyi va boshqalarni yozadilar.Eng ko'p va to'g'ri javob bergan o'quvchiga rag'bat beriladi. Domino mashqi.Doskaga ikki o'quvchi chaqiriladi.Ulardan biri doskaga biror biologik atamani yozadi.Ikkinchi o'quvchi atama qaysi xarf bilan tugagan bo'lsa shu xarf bilan boshlanuvchi boshqa atamani yozadi.O'yin shu tarzda davom etadi. Masalan: Fotasintez-zirzvor-rangli plastida-abiotik omil-lalmi ekin-namlik-kokk… va x.k. Domino o'yinini o'simliklar nomi bilan ham o'tkazilsa bo'ladi: Masalan:zira-arpa-angishvonagul-lola-anor-rafleziya-yalpiz-zupturum va x.k. Modul-lotincha so'zdan olingan bo'lib,qism(blok)degan ma'noni bildiradi. Biologiyani o'qitishda modulli ta'lim texnologiyalardan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar,yani modullarga ajratiladi va xar bir qismni o'quvchilar mustaqil o'zlashtirishlari uchun o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga