Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish

Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja: Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha. Biologiyani o'qitishda didaktik o'yinli darslardan foydalanish. Biologiyani o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. Modulli ta'lim texnologiyalari va modulli darslarning o'ziga xos xususiyatlari. Biologiya darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish. Biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta'lim muassasalarida o'qitiladigan barcha o'quv fanlarini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlashni ko'zda tutadi. Shu sababli barcha o'quv fanlari kabi biologiyani o'qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to'liq va yagona ta'rif qabul qilinmagan. Ushbu ta'riflarning ichida eng maqsadga muvofig'i YuNYeSKO tomonidan berilgan ta'rif sanaladi. Pedagogik texnologiya - o'qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Bu yerda, inson salohiyati deyilganda, o'qituvchining pedagogik va o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o'qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya - ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchining pedagogik va o'quvchining o'quv-bilish faoliyatini uyg'un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o'qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir. Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, kontseptual asoslari, o'qituvchi va o'quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. Xususiy metodik darajada muayyan bir o'quv fani, kursni o'qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta'lim mazmunini o'quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o'qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi. Lokal (modul) darajada ta'lim-tarbiya jarayonining malum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini to'ldiradi va taqozo etadi. Hozirgi zamon ta'lim tizimida hukmronlik qilayotgan an'anaviy ta'limni mazmunan yangilash va ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o'zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya. ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. O'quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologiya. Quyida shu texnologiyalarga qisqacha to'xtalamiz. 1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya o'qituvchi va o'quvchi shaxsi o'rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, o'quvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.09 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.09 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga