Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli reja tuzish yo'llari

Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli reja tuzish yo'llari

O'quvchilarga / Pedagogika
Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli reja tuzish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli reja tuzish yo'llari Reja: Biologiyadan yillik istiqbol va mavzuli-taqvim reja tuzishning ahamiyati. O'quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o'quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligi. Biologiyadan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni. Malumki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologiyani o'qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o'quv fani yuzasidan asosiy o'quv materiali o'rganiladi, lekin dars o'qitishning boshqa shakllari bo'lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog'liq. Darsdan tashqari ishlar masalan, tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o'tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kolleksiyalardan darsda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning biologiya o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo'llashga xizmat qiladi. Demak, biologiyani o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, yani o'qitishga tizimli yondashuvni amalga oshirilishi lozim. O'qituvchi ushbu mashg'ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida biologik ta'lim samaradorligiga erishish, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda o'quv-amaliy ko'nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o'rgatishni nazarda tutadi. Biologiyani o'qitishda tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o'qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o'quv dasturidan o'rin olgan boblar va mavzular bo'yicha darslar tizimi, o'quv yilidagi choraklar va tatillar hisobga olingan holda o'tkazish muddatlari, fanlararo bog'lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi. Biologiya o'qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun: O'quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi; Mavzularni o'qitishda yil fasllari, mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o'quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'qitish metodlari, ko'rgazma vositalarini tanlashi. O'quvchilar tomonidan o'tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi; Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; Har bir darsda ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish yo'llarini belgilashi; O'quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlarni tanlashi; Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo'ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim. Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi istiqbol rejada o'qitish jarayonining yaxlitligini nazarda tutishi, o'z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o'qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta'minlagan holda ularni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan bo'ladi. Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan istiqbol rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda. O'quv yili uchun tuzilgan istiqbol reja qatiy emas, unga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga