Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan metodlar

Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan metodlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan metodlar - rasmi

Material tavsifi

Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan metodlar Reja: O'qitish metodlarining umumiy tavsifi. Og'zaki metodlar va ularning turlari. Ko'rgazmali metodlar va ular tarkibiga kiradigan uslublar. Amaliy metodlar va ularning turlari. Malumki, ta'lim jarayoni o'quvchilarning bilim olish, ko'nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo'g'rilgan o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta'lim mazmunining o'qitish metodlari yordamida o'zlashtirilishiga erishishdir. Metod so'zi umumiy manoda muayyan maqsadga erishish usulidir. O'qitish metodlari tom manoda o'qituvchining bilimlarni o'quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirib olish usulidir. Didaktikada o'qitish metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga asosan ta'riflanadi: O'qitish metodi o'qitish jarayonining o'ziga xos pedagogik sharoitida obyektiv reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, yani o'qitish metodlari yordamida o'quvchilarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi. O'qitish metodlari o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo'llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag'batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud. O'qitish metodlari yagona ta'lim jarayonining ikkita subyekti bo'lgan o'qituvchining pedagogik va o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini uyg'unlashtiruvchi, hamkorligini taminlovchi faoliyat usulidir. O'qitish metodlari o'qitishning moddiy vositalari bo'lgan darslik, ko'rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog'langandir. O'qitish metodlari aniq o'qitish usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga qo'llaniladi. O'qitish metodlari o'zaro bog'langan faoliyat usullari sifatida darsning barcha bosqichlari, tashkiliy qism, o'quvchilarning bilish motivlarini faollashtirish, yangi mavzuni o'rganish, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, olingan natijalarni tahlil qilish, uy vazifasini berishda foydalaniladi. Darsda o'qitish metodlari doimo muayyan birikma holida qo'llaniladi. Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. Mazkur bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni taminlovchi metod ustunlik qiluvchi yetakchi tizim hosil qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo'ysunadi. Biologiyani o'qitishda aksariyat hollarda ko'rgazmali metod yetakchi o'rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo'ysunadi yoki singib ketadi. Inson faoliyati metodlarining o'zgarishi, o'qitish metodlarining boyishiga va yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli o'qitish, EHM dasturlari vositasida o'qitish va h.k. metodlar vujudga keldi. Didaktikada o'qitish metodlarini tasniflash munozarali masala bo'lib, tasniflash turli asoslar bo'yicha amalga oshirilgan. Akademik I.D.Zverev metodlarni o'qitish manbalari va o'quvchilar faollik darajasiga ko'ra quyidagicha tasniflashni tavsiya etgan. Mazkur jadvalga muvofiq, o'qitish metodlarining 9 guruhini tanlab olish imkonini beradi. Taniqli didaktik olim Yu.K. Babanskiy o'qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan: O'qitishning og'zaki metodlari (hikoya, suhbat, o'quv ma'ruzasi). O'qitishning ko'rgazmali metodlari. O'qitishning amaliy metodlari. O'qitishning muammoli-izlanish metodlari. O'qitishning mantiqiy metodlari. Mustaqil ishlash metodlari. O'qitishda o'quvchilar faoliyatini rag'batlantirish va asoslash metodlari. O'qitishning nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari. Quyida o'qitishning reproduktiv metodlari bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga