Biologiyani o'qitishda o'quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatini tarkib toptirish Reja: O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llari. O'quv munozaralari, bahslar, fikrlarni asoslash, o'z - o'zini baholash, o'zaro nazorat qilish. Dialog, polilog o'quv muloqotlari. O'quvlar jamoasida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlari. Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, biologiyani o'qitish jarayonida o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo: O'quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o'quv topshiriqlarini tuzishi; Biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida tajriba va kuzatish o'tkazish yuzasidan ko'rsatmalar tayyorlashi: O'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta'limi uchun qo'shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim. O'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash zarur. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: o'quvchilarni o'z bilish faoliyatini subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi. o'quvchilarning bilish faoliyati emperik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o'qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o'rganish ustuvor bo'ladi. o'qitish jarayonining asosini o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. O'quvchilar ushbu topshiriqlarni bajarib bo'lganlaridan so'ng, o'qituvchi biologik progress, aramorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya haqida ma'lumot beradi va o'quvchilarga misol keltirishni tavsiya etadi. O'quvchilar o'zlari to'ldirgan jadvaldan foydalanib yopiq urug'lilar va qushlardagi aramorfozlarni aniqlaydi. Shu tarzda o'quvchilarda bog'lanishli fikr yuritish ko'nikmalari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Mustaqil fikr yuritish (muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, o'z fikrini dalillash). Mustaqil fikr yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli biologiyani o'qitishning barcha shakllarida, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat berish zarur. Mustaqil fikr yuritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Muammoli vaziyatlarni tahlil qilish. Farazlarni ilgari surish. Avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilim, ko'nikma va malakalarni egallash. O'z fikrini dalillash. Javobning to'g'riligini tekshirib ko'rish. O'quvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirish uchun o'qituvchi har bir mavzuni o'rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o'quvchilarning bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo'llashi lozim. Masalan, Bir urug' pallalilar. Loladoshlar oilasi mavzusini o'rganishda muammoli vaziyat vujudga keltirilib, o'quvchilarning ikki pallalilar sinfi oilalarini o'rganishda o'zlashtirgan bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llashiga imkon yaratishi lozim. Jumladan, o'quvchilarga quyidagi o'quv topshiriqlarini bajarish tavsiya etiladi. Topshiriqning didaktik maqsadi: Bir urug' pallali o'simliklar, loladoshlar oilasining o'ziga xos ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.9 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.9 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: docx