Biologiyani o'qitishda ta'lim - tarbiya masalalari Reja: O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari. Biologiyani o'qitishda ta'lim - tarbiyaning uzviyligini ta'minlash yo'llari. O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalo, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. Tabiat to'g'risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan - biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha mas'uliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega. Biologiyani o'qitishda avvalo, o'quvchilarni biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni, biologik bilimlarni o'zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog'langan holda ta'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi. Mazkur tizim o'zida o'quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O'quvchilarning biologiya o'quv fanini o'rganishi biologik obyektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e'tiqodlari sitemasini tashkil etadi. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni tabiat-inson-jamiyat munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi. Ilmiy dunyoqarash tushunchasiga biologiya o'qitish metodikasining turli manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.Ye.Raykov ilmiy dunyoqarash tushunchasini dunyo haqidagi bilimlar majmuasi, V.V. Vsesvyatskiy tabiatga nisbatan to'g'ri qarashlar majmuasi, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskaya insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulq-atvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi deb ta'rif berganlar. Pedagogik ensiklopediyada ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, estetik ideallar va e'tiqodlar yig'indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o'z munosabatini namoyon etadi deb ta'rif berilgan. Ushbu ta'rif asosida biologiya o'qitish metodikasi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ahamiyatga molik bo'lgan tushunchalarni aniqlash, mazkur tushunchalarni shakllantirish uchun zarur bo'ladigan shart-sharoitlarni va asosiy bosqichlarni, biologiyani o'rganish natijasida vujudga keladigan qarashlar va e'tiqodlar tizimiga tavsif berishi, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishdagi o'rnini ko'rsatishi lozim. Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo'ladigan tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Jonsiz va jonli tabiatning kimyoviy tarkibidagi o'xshashliklar, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.9 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.9 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: docx