Biologiyaning o'qitish vositalari Reja: 1.O'qitish vositalarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati 2.O'qitish vositalarining sistemasi. 3.Ko'rgazmali qurollarning xillari: 1.O'qitish vositalarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bevosita idrok qilish mumkin bo'lgan narsalar asosida olib boriladigan ta'lim ko'rgazmali ta'lim deb ataladi. ta'lim berish vositalarning roli benihoyat katta. Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bolaning sezgi a'zolarini mumkin qadar ko'prog'ini: ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgi va xatto iloji bo'lsa xidlash va tam bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak degan edi. Ko'rgazma vositalari ta'limini ongli bo'lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biologiya hayot to'g'risidagi fan. Binobarin biologiya o'qitish jarayonida tabiiy ko'rgazmali vositalar-o'simliklar, hayvonlar, zamburug''lar, prokariot organizmlardan keng foydalanish tabiiy bir hol. Ko'rsatmali ta'lim faqat tabiiy ko'rgazma vositalarigina emas, shu bilan tasviriy ko'zgazmali vositalariga ham asoslanadi. Ko'rsatmali vosita bo'lgan taqdirdagina o'quvchi tabiatdagi narsa va hodisalarni o'zaro taqqoslashi, ularning o'zaro o'xshashliklari, tafovutlarini aniqlay olishi mumkin. Ko'rgazmali vositalar yordamida o'quvchi o'rganilgan o'quv materialini analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish, sistemalashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 2.O'qitish vositalarining sistemasi. O'qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og'zaki yoki verbal vositalarga bo'linadi. O'qitish vositalarini uch xilga ajratish bilish nazariyasiga va o'quvchilarning tafakkurini rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga kiruvchi o'quv fanlarini o'qitish 5- sinfdan boshlanadi. Bu o'quvchilarning o'smirlik davriga to'g'ri keladi. O'smirlik davrida bolalarni bilish faoliyatida ko'rgazmali harakat ustunlik qiladi. Kechki o'smirlik davrida tasviriy ko'rgazmali asosida fikr yuritish yani tabiiy narsalarga emas, ularning tasvirlariga asoslanib idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi. Yuqori sinf o'quvchilarining aqliy faoliyatida abstrakt-nazariy tafakkur yetakchi rol o'ynaydi. ta'lim vositalarining barchasi biologiya mazmuni va o'quv faoliyatining tashkil qilish usullarini ifoda qiladi. Tabiiy ko'rgazma vositalari-mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan o'simlik, hayvonlar ularning ayrim bo'laklari, kolleksiyalar tuluplar, gerbariylar, biosistemalar (to'qay, tog' oldi, yaylov cho'l) bo'lib, ular bilan o'quvchilar bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy ko'rgazmali vositalar faqat ko'rish orqali emas, balki eshitish, xid, tam bilish organlari yordamida idrok qilinadi. Tabiiy ko'rgazmali vositalar o'rniga tasviriy ko'rgazmali vositalar bazan chunonchi hujayra, organizm ekosistemalar tuzilishi, moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, foto suratlardan foydalaniladi. Kompyuter, multimediylar, tasviriy ko'rgazmali vositalarning alohida guruhi sanaladi. Og'zaki yoki verbal vositalar - bular darsliklar, ilmiy-ommabop kitoblar, o'qituvchining so'zi, televideniya yoki kinokadrlardagi diktor matni, kompyuter dasturlari (videokadrlar, modellar,) testlar, didaktik kartochkalardir. Tabiiy yoki tasviriy vositalarni o'quvchi tomonidan idrok qilinishi, ular ustida kuzatish, o'tkazish yoki faoliyat harakati yordamida amalga oshadi. Maktablarda o'tkazilgan maxsus psixolog pedagogik tadqiqotlar o'qitish samaradoligi oshishi ko'p jihatdan o'quvchi sezgi organlarini dars jarayonida jalb etishga bog'liq ekanligini ko'rsatmoqda. O'quv materialini idrok etishda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.45 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.45 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: docx