Bitiruv malakaviy (diplom) ishlari uchun mavzular tanlash va ularga rahbarlik qilish metodikasi Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo'yicha olgan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini ishlab chiqarish sharoitiga tadbiq etish uchun etarlicha ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish hamda tizimlashtirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: ta'lim jarayonida o'quvchilar egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni takomilashtirish hamda xulosa chiqarish; mutaxassisligi bo'yicha olgan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda qo'llash; o'quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatish; o'quvchilarning ijodiy yondashish qobiliyatlarini shakllantirish; muammoning yechimini adabiyotlar, me'yornomalar yordamida amaliy jihatdan asoslash va uni taqdimot qilishga o'rgatish; erishilgan natijalar asosida xulosa va takliflar bera olishga hamda uni tegishli texnologik jarayonlarda qo'llash. Bitiruv malakaviy ishlariga umumiy rahbarlik qilish kasb-hunar kollejining kasbiy ta'lim bo'yicha direktor o'rinbosariga yuklatiladi Bo'lim mudirlari esa bitiruv malakaviy ishlarining borishini nazorat qilib boradilar va bitiruv malakaviy ishi rahbarlariga amaliy-uslubiy yordam ko'rsatadilar Diplom ishi quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilgan bo'ladi: Titul varag'i Bitiruv malakaviy ish tavsifi Mundarija Kirish Nazariy qism Texnologik qism Jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi bo'yicha); Iqtisodiy qism Mehnat muhofazasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ilova Kirish Mavzuning mohiyati; Mavzuning dolzarbligi; Maqsadning qo'yilishi. Kirish qismda mavzuni tanlashda va uni yoritishda qanday ma'lumotlar asos bo'lganligi, ularning ahamiyati, bugungi kunda ishlab chiqarishdagi dolzarbligi, mavzuni o'rganishdan maqsad, yani soha bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi. Kirish qismida bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida muammolarni hal etish vazifalari va ularni amalga oshirish usullari belgilanadi. Nazariy qism Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy asoslanishi; Asosiy tushuncha, fakt, tamoyil, kategoriyalar va ular orasidagi bog'lanishlar; Ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslari. Nazariy qismda tanlangan mavzu bo'yicha ma'lumotlarni asosiy tushuncha, tamoyil, kategoriyalar va ular orasidagi bog'lanishlarni nazariy asoslash, amaliy materiallarni chuqur tahlil qilgan holda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash. Ishlab chiqarish texnologiyasini nazariy asoslagan holda mavjud muammolarning ijobiy yechimi bo'yicha o'rganilmagan savollarga mos ravishda o'z fikrini bildiradi. Mazkur qismda iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarishga oid ko'rsatkichlarni yaxshilash yo'llarini belgilash, ishlab chiqarishning samaradorlik ko'rsatkichlarini jadvalar, chizmalar, diagramma va turli rasmlar orqali ko'ratib berishi mumkin. Texnologik qism tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari; belgilangan vazifani hal etish usullari. Bitiruv malakaviy ishining texnologik qismi bir necha qoidalarga rioya qilgan holda yoziladi, yani texnologik jarayon bo'yicha bajariladigan vazifalarning ketma-ketligiga etibor berish, uni mazmunli qilib yoritish, jarayondagi jihozlarning nomlarini raqamlari bilan ko'rsatish maqsadga muvofiq. Ushbu qismda tanlangan usulning ishlab chiqarishdagiga nisbatan afzalliklari hamda kamchiliklari ko'rsatiladi. Jihozlarni tanlash va hisoblash uchun ularni uch guruhga bo'lib olinadi. 1-asosiy jihozlar; 2-transport jihozlar; 3-yordamchi jihozlar. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.82 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.82 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: ppt