Bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish va o'tkazish

Bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish va o'tkazish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish va o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Reja: Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi va mazmuni Bitiruv oldi amaliyoti uchun individual va ilmiy-tadqiqot topshiriqlarini ishlab chiqish Korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblash va grafik loyihalash ishlarini tashkil qilish Bitiruv ishiga zarur ma'lumotlarni yig'ish, hisoblash va yaxlitlash ishlarini tashkil qilish. Kasb ta'limi yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan talabalarning bitiruv oldi amaliyoti ular bajaradigan bitiruv malakaviy ishining mazmunidan kelib chiqqan holda ilғor korxonalar, tashkilotlar va kasb-xunar kollejlarida o'tkaziladi. Amaliyot davri 2 xaftani tashkil etadi. Amaliyot kafedra professor-o'qituvchilari, kasb-xunar kolleji o'qituvchilari hamda korxonalarning etakchi mutaxassislarining bevosita rahbarligida olib boriladi. Amaliyotning maqsadi va vazifalari. Bitiruv oldi amaliyoti o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, uni talablarga bo'lғusi bakalavrlarning faoliyat yo'nalishi to'ғrisida aniq tasavvurga ega bo'lishlari, bitiruv malakaviy ishlari mazmunini yoritishda bevosita o'quv va ishlab chiqarish sharoitlarini to'la e'tiborga olgan holda yoritish maqsadida tashkil etiladi. Talabalar bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlarida sanoat korxonalaridagi xilma-xil texnologiyaviy jarayonlar, ularni amalga oshirishda qo'llaniladigan mashina va jihozlar hamda xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish usullarini, shuningdek kasb-xunar kollejlaridagi o'qitish uslublari va ilғor pedagogik texnologiyalarning o'quv jarayoniga tadbiq etish yo'llarini yoritishlarida amaliyot jarayoni muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish korxonasida o'tkaziladigan bitiruv oldi amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat: -istiqbol rejalari, boshqarish strukturasi va asosiy texnik-muhandis hodimlarning vazifalari bilan tanishish; -korxonaning xom-ashyo bazasi, asosiy va yordamchi sexlari (bo'limlari) ishi bilan tanishish; -asosiy sexlarning texnologiyaviy liniyao'lari, ular tarkibiga kiruvchi asosiy jihozlarning texnologik parametrlari, ishlash prinsiplari va konstruksiyalari bilan tanishish, o'rganilgan ma'lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish; -korxona laboratoriyasining ish faoliyati, xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarini sifat ko'rsatkiyalarini aniqlash uslublari hamda tekshiruv jarayonida qo'llaniladigan nazorat-o'lchov asboblaridan foydalanish, o'rganilgan ma'lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish; -korxona mexnatni muhofaza qilish, texnika havfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi qoidalari hamda trof-muhitning tozaligini saqlash shartlarini bajarishga oid tadbirlarni o'rganish va bitiruv ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to'plash; ishlab chiqarish chiqitlari va ulardan samarali foydalanish uslublarini o'rganish va ma'lumotlar asosida bitiruv ishida yoritiladigan materiallarni tahlil qilish. Kasb-xunar kollejlarida o'tkaziladigan bitiruv oldi amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat: -kasb-hunar kolleji tarixi, hunar yo'nalishlari o'quv rejalari, fanlar dasturlari bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishining strukturasini ishlab chiqishda ulardan foydalanish; -kasb-xunar kollejidagi ma'naviy va ma'rifiy ishlar mazmuni, rejalari, tashkiliy strukturasini o'rganish va ulardan bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to'plash; -ishlab chiqarish ta'limi ustalarining faoliyatini o'rganish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to'plash; -to'garak rahbarlarining faoliyati bilan tanishish va bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanish uchun materiallar to'plash; -maxsus fan o'qituvchilarining dars jaryonida talabalar faolligini oshirish borasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.61 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga