REJA: 1. O'quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakatlar bilan ifodalash. 2. Etalon-maqsadlarni yaratish, qo'llash va ularni test topshiriqlariga aylantirish. 3.Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini fe'llar yordamida ifodalanishi. 4.Identifikasiyalanuvchi maqsadlarni o'qituvchi guruhi tomonidan ishlab chiqishi. Bixeviorizm - (inglizcha behavior - xatti-harakat, xulq) amerika psixologiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, u B. Skinner, J. Uotson va E. Torndayklar tomonidan asoslangan. Bixeviorizm o'ta amaliy yo'nalishga ega bo'lib, u inson psixikasini o'rganish, faqat uning tashqi ifodalangan va kuzatish imkoniyati bo'lgan xatti-harakati va nutqini tahlil qilishdan iborat, deb tasavvur qiladi. Bu yondashish o'quv maqsadlarini talabalarda tashqaridan kuzatilishi mumkin bo'lgan aniq harakatlarda, ya'ni qat'iy aniqlangan harakatlarning shakllanishidan iborat holda belgilashga olib keladi. Gerbert Spenser ta'riflaganidek, «Ta'limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki xatti-harakatlarga o'rgatishdir». Mazkur oqim ma'lum davrgacha AQSH psixologiyasida ustivorlik rolini o'ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm ruhi sezilib turadi. Hammasi uchun umumiy formula SR, ya'ni stimul - reaksiya xizmat qilib kelmoqda. Bixeviorizm sobiq ittifoq olimlari tomonidan dastlab reaksion «oqim» sifatida qattiq tanqid qilingan bo'lsada keyinchalik unga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi. Bixeviorizmning qator fanlar (antropologiya, lingvistika, sosiologiya, semiotika, kibernetika) ning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganligi hamda psixologiyaning rivojlanishiga munosib hissa qo'shganligi e'tirof etila boshlandi. Bixeviorizmda o'zlashtirishning umumiy shartli sxemasini SRP ko'rinishda yozish mumkin. Bunda, S - stimul (harakatga keltiruvchi ta'sir) yoki xatti-harakat qilishga undovchi vaziyat. Masala sharti, savol, signal, buyruq, komanda va h.k. stimul vazifasini bajarishi mumkin. R - organizmning stimul (ta'sir)ga ko'rsatgan javobi (reaksiyasi), ya'ni ta'sir natijasida sodir etilgan xatti-harakat. Savolga javob berish, masalani yechish, o'ngga yoki chapga burilish, yugirish va hoka'zolar organizmni ta'sirga ko'rsatgan reaksiyasini ifodalaydi. P - (prop) mustahkamlash, ya'ni bu- ta'sir (stimul)ga javoban reaksiya qilinganligi, harakatning to'g'ri bajarilganligini mustahkamlashdir. Mustahkamlash-moddiy va ma'naviy taqdirlash shaklida bo'lishi mumkin. Masalan, jonivorlarni o'rgatishda bu - ular eng yaxshi ko'rgan ovqat, insonni o'qitish-o'rgatishda esa, mustahkamlovchi sifatida og'zaki ma'qullash, baho, ilxomlantirishlardan foydalanish mumkin. Bixevioristlar ta'kidlaganlaridek, mustahkamlash (R) o'zlashtirishning muhim tashkil etuvchisi bo'lib hisoblanadi. U ayniqsa jonivorlarni o'rgatishda mutloq ahamiyat kasb etadi. Bixeviorizmda ta'kidlanganidek, faoliyatni faqat tashqaridan kuzatiladigan harakat bilangina tenglashtirish - uni nihoyatda soddalashtirib tasavvur etishdir. Murakkab bilish va hissiy jarayonlar (xususan, ijodiy faoliyat tajribasi)ni kuzatiladigan alohida qismlarga ajratish mumkin emasligi tufayli u bixevioristik yondashish doirasidan tashqarida qoladi. Bixeviorizmning qo'llanilishi reproduktiv o'qitish darajasi (yodlash, takroran aytib, ko'rsatib berish, namuna bo'yicha harakat qilish va h. k.) bilangina chegaralanadi. Lekin, bixevioristlarning o'qitish sifatini alohida qismlar bo'yicha nazorat qilish va tuzatishlar kiritib borishning zarurligi to'g'risidagi xulosasi - o'qitish nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash lozim. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.76 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.76 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc