«Bizning bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» Reja: 2004 yil 26 dekabrda o'tkazilgan saylov yakunlari va jamiyatning siyosiy yetukligi masalasi. O'zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish va jamiyatning siyosiy yetukligi masalasi ustuvor yo'nalishlari. 2004 yilda O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish yakunlari. 2005 yil 7 fevralda Oqsaroy qarorgohida yangi tayinlangan hukumat a'zolari bilan o'tkazilgan amaliy kengash. 2005 yil 26 dekabrda (9 yanvarda 58 saylov okrugida qaytadan ovoz berish o'tkazildi ) ikki palatali Oliy Majlisga va mahalliy kengashlarga saylovlar jarayoni saylovchilarimizning saviyasi yetukligi, o'z kelajagini umumdemokratik qadriyatlar asosida qurishga qodir ekanligini ko'rsatdi. Saylovlar yurtimizda fuqarolik jamiyati barpo etish bosqichma-bosqich borayotganligini tasdiqladi. Bizning asosiy, uzoq muddatli va strategik vazifamiz-demokratik davlat, fuqarolik jamiyatni qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdir. «boshqariladigan iqtisod» va «boshqariladigan demokratiya» deb ataladigan modellar bizga to'g'ri kelmaydi. Prezident o'z ma'ruzasida hayotimizni isloh qilishning beshta ustuvor yo'nalishlarini ko'rsatib berdi: 1-ustuvor vazifa. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi vazifa. Bu parlamentning roli va ta'sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida barqaror va mutanosib muvozanatga erishishidir. Bu sohada uchta vazifani prezident belgiladi: A. Senat va Quyi palatani shakllantirish ularning vakolat va huquqlarini kengaytirish. B. Bosh vazir, umuman hukumatning mas'uliyati va rolini oshirish. V. Sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash. Har qanday hokimiyat organi o'z vazifasini anglash, o'z mas'uliyatini his qilishi, o'z yukini ko'tarishi, o'z vazifasini o'zi mustaqil yuritishi lozim. Yuqoridagilarning barchasi mamlakatimizni modernizatsiya (yangi, hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirib yangilash, o'zgartirish masalan, mashinani yoki ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, o'zgartirish) qilish borasida uzoqni ko'zlaydigan «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan tamoyilni o'zida ifoda etadi. Yana bir vazifa o'zini-o'zi boshqarish organlari-mahalla, mahalla qo'mitalari va qishloq fuqarolik yig'inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozim. Muhim vazifalardan biri-siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarini qabul qilishdagi roli va ta'sirini kuchaytirishdir. (Milliy tiklanish, «fidokorlar», «Adolat» partiyalari quyi palatada yagona fraksiyaga birlashdi. Faqat XDP o'zi yolg'iz qoldi). Odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning o'rni va ahamiyati katta. O'zbekistondagi nohukumat jamoat tuzilmalarini shakllantirshda ular faoliyatida nizomdan ancha chetga chiqish holatlari ro'y bermoqda va biz bu bilan kelisha olmaymiz. Mamlakatni modernizatsiya va isloh etish masalasida turli inqiloblar va aqidaparastlikning har qanday ko'rinishiga qarshimiz. Chunki inqiloblar zo'ravonlik, qon to'qish va johillik vositasi bo'lib kelgan. Aqidaparastlar esa «kimki biz bilan emas ekan, u bizga qarshi» degan tamoyil asosida harakat qiladi. Biz tadrijiy, yani evolyutsion izchillik xususiyatlariga ega bo'lgan islohotlar va o'zgarishlar tarafdorimiz. Bu o'zgarishlar odamlar ongida demokratik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.53 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.53 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc