bog'lanishli nutq o'stirishning maqsadi, vazifalari, bog'lanishli nutq turlari. Reja: 1. bog'lanishli nutq haqida ma'lumot, uning xususiyatlari. 2. bog'lanishli nutq turlari: diologik, monologik nutq. 3. Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o'stirishning mazmuni, vazifalari. 4. bog'lanishli nutq o'stirish bo'yicha davlat ta'lim-tarbiya me'yorlarini bajarish. Tayanch tushuncha va iboralar: Fan, fikr, gap, his-tuyg'u, til, bog'lanishli nutq, so'z-gap, suzlashuv nutqi, diologik nutq, monologik nutq, tasviriy, ijodiy hikoya, mantikiy xotira, abstrakt fikrlash. Buyuk mutafakkir Abu Rayxon Beruniy Ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini kondirish zaruratidan paydo bo'ladi,-deganlar. Xar bir fanning vazifasi bo'lib, u kelajak avlod tarbiyasiga xizmat qiladi. nutq o'stirish metodikasi fani xam maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning og'zaki nutqini o'stirish, ularni maktab ta'limiga tayyorlash vazifasini bajaradi, kelajak avlodning o'z fikrini , so'zini erkin ifodalashi , mustaqil fikrlashi, nutq madanyatini egallashlari uchun zamin yaratadi. bog'lanishli nutq suzlovchining mazmunli fikr mulohazasi bo'lib, kishilarning o'zaro fikr almashuvi, bir-birini tushunishi, nutqiy muloqotda bo'lishini ifodalaydi, turli his-tuyg'ularni bayon qilish, xabar berish, o'zaro suhbatlashishdan iborat bo'ladi, fikr bir so'z, gap va gaplar yig'indisi orqali ifoda etiladi. bog'lanishli nutqda so'zlar o'zaro grammatik jihatdan boglangan bo'lishi zarur. Chunki xar qanday gap suzlovchining maqsadini, xabar va hikoyasini yoki tinglovchidan biror vokeani surash, maslahat berish kabi manolarni ifodalaydi. Demak, nutq, fikr his - tuyg'uning ifodasi bo'lib, kishilik jamiyatida insonlar o'z fikr-mulohazalari, his-tuyg'ularini til orqali ifoda etadi. bog'lanishli nutq o'stirish maktabgacha ta'limda bolalarning tildan urinli, bemalol, maqsadga muvofik foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o'stirishning asosiy vazifasi bolalar nutqini o'stirish, nutqiy faoliyatini shakllantirish, tevarak-atrofdagi kishilar bilan muloqot qilishga o'rgatishdan iboratdir. Shu bois maktabgacha ta'limning dastlabki yosh guruhidan boshlab bolalarning bog'lanishli nutqini ustiriladi. Yani kattalarning bolalar bilan nutqiy muloqoti, suzlashuvi, ularni suyish, erkalash, uynatish, ovqatlantirish, uxlatish kabi jarayonlar-dagi nutqiy munosabati natijasida bolalarda kattalar nutqiga javob berish, nutqiy muloqotga kirishish istagi shakllanadi. Bu yosh davrda kattalarning eng muhim vazifasi bolada xursandlik, jushkinlik, nutqiy munosabatga kizikish, taklid qilishni shakllantirishdan iborat. Bu esa bolalarda eshitish, ko'rish, nutq a'zolari harakatining shakllanishini yaxshilaydi, ularda fikrni tushunish unga javob berish istagi paydo bo'ladi. Kichik guruhlarda bolalar nutqi xabar berish, fikr almashish sifatida atrofdagilar bilan muloqot vositasiga aylanadi, ular o'z nutqini erkin bayon qilish, uni kengaytirishga intiladilar. Yani ilk yoshda fikrni bir so'z bilan ifodalash malakasi rivojlanib, fikrni gap orqali ifadalash, diologik nutqdan foydalanishga zamin bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar nutqi boshqalarga tushunarli bo'ladi va grammatik jihatdan mukammallashib boradi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarning diologik nutqini shakllantirish, monologik nutqni o'stirishga ahamiyat berishdan iboratdir. bog'lanishli nutq suzlashuv nutqi, diologik nutq, monologik nutq turlaridan iborat bo'ladi. Suzlashuv nutqi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: doc