Bola tarbiyasida oila, o'quv yurti, mahalla va jamoatchilik hamkorligi

Bola tarbiyasida oila, o'quv yurti, mahalla va jamoatchilik hamkorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bola tarbiyasida oila, o'quv yurti, mahalla va jamoatchilik hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Bola tarbiyasida oila, o'quv yurti, mahalla va jamoatchilik hamkorligi Reja: 1. Oila tarbiyasining mohiyati. 2. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. 3. Oilaviy tarbiya to'g'risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. 4. Oila a'zolarining tarbiya jarayonida tutgan o'rni. 5. Oilaviy tarbiyada hamkorlik. Jamiyatda oilaning o'rni. Oila saodat sarchashmasi. «Dunyoda jamiki narsa juft yaratilgan: Osmon va Yer, Quyosh va Oy, kecha va kunduz, ona qorni va qabr, hayot va o'lim, beshik va tobut» Hayot insonga bir marta beriladi. Inson o'zining umrini yashab o'tar ekan, uchta narsada xato qilmasligi kerak. Shulardan bittasi - oila qurishda. Qarangki, shu darajadagi mas'uliyatli narsa - oila. Oila ikki kishining faqat qovushishigina emas, balki xursandlik va qayg'uda ham, boylik va kambag'allikda ham, yoshlik va qarilikda ham hamnafas va hamfikr bo'lishidir. Insonning kelajagi, oilaga va oilaviy munosabatga bog'liqligi. Oilani ta'riflamagan faylasuf, yozuvchi, shoir qolmagan bo'lsa kerak. Faylasuflar oilani jamiyat yacheykasi deyishsa, yozuvchi va shoirlar goh kemaga, goh Vatan ostonasiga qiyos qilishadi. Ularning bari - haqdir. Oila qaysi qit'a, qaysi mamlakatga mansub bo'lmasin avvalambor buyuk va ulug'vor vazifani - nom qoldirishni, inson zotini davom ettirishni amalga oshiradi. Oila qurayotgan har bir inson eng ezgu, eng sof niyatlar bilan uni quradi. Faqat bu niyatlarni amalga oshirish yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarga ko'pchilik bardosh bera olmaydi. Natijada oila atalmish muqaddas go'sha vayron bo'ladi. Vayron bo'lgan oiladan esa «qalbi nogiron» farzandlar voyaga etadi. Bu albatta nafaqat buzilgan oila a'zolari uchun, balkim butun boshli davlat uchun katta musibat hisoblanadi. Oila tarbiyasining mazmuni va mohiyati. «Oila yangi avlodning vujudga kelishini taqozo etadi. Shu sababli nikoh ota-onalar bilan farzandlar o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirib, turadi. Ijtimoiy hodisa bo'lgan oila yashagan davri xususiyatlarini hamisha o'zida aks ettiradi». Bugungi iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar bo'sag'asida oila vazifasi, mas'uliyati yanada oshdi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek: «Respublikada sobitqadam bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir. Mehnatsevar va badavlat ma'naviy yetuk va madaniyatli oila - shu jamiyatning asosini tashkil etadi». Oila tarbiyasiga pedagogik rahbarlik. Pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorligi. Hozirgi kunda maktablarda oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi fani o'tilmoqda. Bu fanda albatta oila va nikoh, yoshlar ma'naviy dunyosining go'zalligi, farzand, oilaviy munosabatlar to'g'risida ko'p ibratli ta'lim berilgan. Pedagoglar dars jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda ham muntazam ravishda o'quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga e'tiborlarini qaratishadi, biroq bu harakat bir tomonlama bo'lib yetarli natija bermaydi. Chunki doim ham o'qituvchilarning dunyoqarashi o'quvchi ota-onasining dunyoqarashi bilan to'g'ri kelmaydi. Natijada bir xil mavzu bo'yicha paydo bo'lgan qarama-qarshi fikrlar talabada ishonchsizlik tuyg'usini paydo qiladi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyaga ikki tomonlama yondashmoq zarur. Xalq pedagogikasi tajribasiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.63 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.63 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga