Mavzu:Bola uchun qulay iqlim yaratish Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi: Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat direktor, rektor, mudir o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish. ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. PSIXOLOGNING MASLAHAT BYeRISh IShLARI . ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik o'sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi. Yangi tipdagi maktablarga o'rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy - amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo'lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar bo'yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo'llari, o'quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo'llari, o'quvchilar bilan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish. Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o'z ichiga olgan. Psixologik xizmat xalq ta'limi va oliy o'rta maxsus ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o'quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi. Psixologik xizmat mutaxassislari o'z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog'atga yetmagan o'smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo'mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. PSIXOLOG POZITSIYASINING ASOSIY KOMPONYeNTLARI Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo'lgan konstruktiv hamkorlikni ta'minlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog o'qituvchilarga o'z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo'lsa, yordam berishga tayyorligini malum qilsa, shuning o'zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so'ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo'lmaydi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
565.46 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
565.46 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: pptx