Bolaga do'stona munosabatdagi maktabni yaratish

Bolaga do'stona munosabatdagi maktabni yaratish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolaga do'stona munosabatdagi maktabni yaratish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Global ta'lim maqsadlari 2. Hayotiy ko'nikma, malaka hamda qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maqsadlar 3. Insoniy ijobiy munosabatlarni shakllantirish va o'stirishga qaratilgan maqsadlar O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi hamda BMTning bolalar jamg'armasi , YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan Global ta'lim loyihasini o'rganish, amaliyotga tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Global ta'lim loyihasining maqsadi, bugungi kunda va kelajakda o'z o'rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalash. Shaxsni har tomonlama ya'ni aqliy, jismoniy va ma'naviy tomondan yuksalishiga urg'u beradi. Global ta'lim dasturining asosiy g'oyalaridan biri, o'zgarishlariga boy bo'lgan dunyoda, ta'lim, bolalarda hayot uchun kerakli asosiy qobiliyatlarni tarbiyalash kerak. Global ta'lim o'quvchini har tomonlama rivojlantirish,uni erkinlikka o'rgatish, sinfdagi o'zaro bog'liqlik misolida dunyoning yaxlitligi, o'zaro bog'liqligi, o'zaro tobeligini tushuntirish, kichik o'zaro bog'liqlikdan global o'zaro bog'liklik kelib chiqishini anglatish, cheksizlikni, koinotni tasavvur qilishga o'rgatish, ta'lim jarayonida do'stona munosabatdagi muhitni yaratishdir.Do'stona muhit yaratilgan maktabning negizida bola huquqi asosiy o'rinni egallaydi. Barcha uchun ta'lim Deklarasiyasida hamda Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasida ko'rsatilgan bolalarning bilim olish huquqlarini ifodalash uchun ehtiyojlarga asoslangan terminologiyadan foydalaniladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasida 1989 - yilning 20 - noyabrida qabul qilingan Konvensiya unga qo'l qo'ygan davlatlarni boshlang'ich ta'limni va zamonaviy ta'lim usullarini barcha uchun majburiy va tekin qilib qo'yilishi shart (20 modda) deb qayd etgan. Konvensiyaning 29-moddasi esa davlatlarni bolalar ta'limini quyidagi maqsadlarga qaratishga chaqiradi, xususan: Bolaning shaxsi, iste'dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlanlantirish; Inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni rivojlantirish; Bolaning ota-onaga, uning madaniy o'ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning qadriyatlariga, o'zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash; Bolalarni erkin jamiyatda tinchlik, sabr-toqatli bo'lish, erkaklar va ayollarning tengligi hamda barcha xalqlar etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek tub aholi orasidan bo'lgan shaxslar o'rtasida do'stlik ruhida tarbiyalash; Tabiyatga, atrof-muhitga hurmatni tarbiyalash. Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun Konvensiya davlatlarni bolalarga turli milliy va xalqaro manbalardan ma'lumot va material olishga imkoniyat ta'minlab berishga da'vat etadi (17-modda). Bolaga do'stona munosabatdagi muhit yaratilgan sinfda quyidagilarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi yo'naltiruvchi - fasilitator sifatida o'quv jarayonini boshqaradi. Darsliklar yagona manbaa emas. Darsliklar - o'quvchining bilimini rag'batlantirish vositalaridan biri. Ta'limning ijtimoiy yo'naltirilgan imkoniyatlari optimallashtirilgan. Ta'lim jarayoni ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda interfaol usullardan keng foydalanib tashkil etilgan. O'qitishdagi uslub va yondashuvlar rang - barang va keng qamrovli. Insonparvar , xayrixoh o'qitish muhiti , ushbu sinfning negizidir. ( o'qitish jarayonida tirishqoqlik bilan ishlash va vaqtni qiziqarli, mazmunli o'tkazish ) O'quvchilarning imkoniyatlari va o'qish istagiga ijobiy nazar,ya'ni o'quvchi ta'lim jarayonida o'zining boy tajribasiga tayanadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.73 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.73 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga