Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida leksik kompetensiyani takomillashtirish mexanizmlari

Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida leksik kompetensiyani takomillashtirish mexanizmlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida leksik kompetensiyani takomillashtirish mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PhD.0304.06. 2020.Ped.113.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI JALILOV OLIMJON MUHIDINOVICH Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida leksik kompetensiyani takomillashtirish mexanizmlari 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi PEDAGOGIKA FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon miqyosida oliy ta'lim muassasalarida talabalarning xorijiy til kompetensiyalarini shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirishning umumYevropata'lim standartlari amaliyotga samarali joriy etilmoqda. Ta'lim jarayonida umumYevropastandartlari talablari asosida kasbiy kompetentli chet tili o'qituvchilarini tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish, talabalarda mustaqil ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirish, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligini ta'minlash bo'yicha loyihalarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Dunyodagi ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ta'lim mazmuni va o'qitish usullari ta'minotini rivojlantirish, ta'lim texnologiyalari, nazorat obyektivligini ta'minlash, shaxsga yo'naltirilgan yondashuv va zamonaviy o'qitish metodlarining uzviyligini ta'minlash, ilg'or tajribalarga asoslangan malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo'lajak chet tili o'qituvchilarining xorijiy til kompetensiyalarini shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida rivojlantirish, axborot ta'lim texnologiyalari orqali xorijiy til o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, kompetentli yondashuv nuqtai nazaridan pedagoglarda xorijiy til ko'nikmalarining rivojlanish darajasini diagnostika qiluvchi texnologiyalarni ilmiy asoslangan holda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda bo'lajak mutaxassislarning leksik xorijiy til kompetensiyalarini rivojlantirishtakomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarga asoslangan malakali mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy til o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning me'yoriy asoslari yaratilib, oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi kengaytirilmoqda. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta'lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagog kadrlar zahirasini yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi. Shunga ko'ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida o'qitishning ilg'or usullarini joriy etgan holda pedagoglarning xorijiy tillar bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini lingvodidaktik va psixolingvistik tamoyillarda ilmiy tadqiq etish dolzarblik kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida, 2017-yil 20-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ2909-son Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida, 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlari, 2018-yil 10-oktyabrdagi Oliy ta'lim muassasalarini o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash to'g'risidagi VMQ-816-son qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 176.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 176.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga