Bo'lajak murabbiylarni pedagogik texnologiyani qo'llashga tayyorlash MAVZU: BO'LAJAK MURABBIYLARNI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI QO'LLASHGA TAYYORLASH R E J A: KIRISH3-8 betlar I bob. O'zbekistonDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ILG'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ZARURIYATI I.1. TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING AHAMIYAT……9-19 betlar I.2. TA'LIM- TARBIYAGA YONDASHUVLAR.……20-26 betlar II bob. BO'LAJAK MURABBIYLARNI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI QO'LLASHGA TAYYORLASHNING AMALIY JIHATI II.1. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH METODLARI27-42 betlar II.2. BO'LAJAK MURABBIYLARNI KASBIY TAYYORLASHDA O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH43-52 betlar UMUMIY XULOSA53-55 betlar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI56-57 betlar ILOVALAR KIRISH Ma'lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy yuksalishining asosi ta'lim-tarbiya hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya esa pedagoglik faoliyati bilan bog'liq. Shu bois bugungi kunda pedagoglarning kasb mahorati va madaniyatini takomillashtirish, olib boriladigan nazariy va amaliy ishlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etish zarur. Negaki, jamiyatimizda bo'layotgan yirik islohotlar barcha sohalarning turli tarmoqlari uchun g'oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, nazariy, amaliy va kasbiy tayyorgarligi yuksak kadrlar yetkazib berishni talab etmoqda. Ammo bo'lajak zamonaviy mutaxassislar yuqoridan beriladigan ko'rsatma va qarorlarni qoyilmaqom qilib bajaradigan malakali ijrochigina bo'lib qolmasligi, aksincha, o'z ishiga mustaqil holda oqilona yondosha bilishlari lozim. Yuz berayotgan ijtimoiy yangilanishlar inson muammosiga dunyoviy nuqtai nazardan yondoshish masalasi ko'ndalang qo'yilmoqda. Inson ongi, uning o'zini o'zgartirmasdan, kamol toptirmasdan, insoniylashtirmasdan turib, jamiyat taraqqiyot g'oyasini, uning mezonlarini asoslash qiyin. Davlatimiz tomonidan yangi ta'lim muassasalari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, joriy ta'mirlash ishlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Bog'cha, maktablarimiz yangi qiyofaga, barcha qulayliklarga ega bo'lib bormoqda. Ta'lim muassasalarini yangi jihozlar, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o'tgan standartlar, davlat talablari, o'quv qo'llanmalarining yangi avlodi bilan ta'minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Endi o'quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy mashg'ulotlar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli mashg'ulotlar o'rniga mashg'ulotlarni tashkil etishga mas'uliyat bilan yondoshadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas'uliyatli, zamonaviy pedagogik texnologiyani mukammal o'zlashtirib olgan, innovasiyalar asosida ta'limni tashkil eta oladigan pedagoglarga talab oshib bormoqda. Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda komil insonni tarbiyalash masalasi jamiyatimizdagi har bir shaxsning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Inson komillik darajasiga yetishi uchun uning tarbiyasi avvalo oilada, keyin maktabgacha ta'lim muassasalarida, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'limning ham o'ziga yarasha ulushlari bor. Maktabgacha ta'lim jarayoni inson poydevorini shakllantiruvchi, uni mustaqil hayotga tayyorlovchi va yo'naltiruvchi ta'lim hisoblanadi. Agar komil inson hayotini bir muhtasham binoga qiyoslasak, boshlang'ich ta'lim shu binoning poydevori bulsa, maktabgacha ta'lim poydevor boshlashdagi dastlabki qadamdir. Dastlabki qadamlardan poydevor mustahkam boshlansa, u bir necha yillar davomida o'z mustahkamligini yo'qotmaydi. Demak, komil inson tarbiyasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.61 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
86.61 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: doc