Bo'lajak o'qituvchida pedagogik texnikani shakllantirishda pedagogik mahorat fanining o'rni

Bo'lajak o'qituvchida pedagogik texnikani shakllantirishda pedagogik mahorat fanining o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak o'qituvchida pedagogik texnikani shakllantirishda pedagogik mahorat fanining o'rni - rasmi

Material tavsifi

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PЕDAGOGIKA FAKULTЕTI BO'LAJAK O'QITUVCHIDA PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORAT FANINING O'RNI BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bajardi: Boshlang'ich sinf va sport tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi 4 kurs talabasi Rahmonova R. Ilmiy rahbar: Umumiy pedagogika kafedrasi o'qituvchisi O.Ergasheva TЕRMIZ - 2013 BO'LAJAK O'QITUVCHIDA PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORAT FANINING O'RNI REJA: KIRISH. I.BOB. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 1.1. Pedagogik mahorat fani va uning fan sifatida vujudga kelishi 1.2. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratini shakllantirish omillari. II.BOB. BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK TEXNIKANING SHAKL VA USULLARI 2.1. Oliy ta'lim muassasalarida pedagogik mahorat fanini o'qitish shakllari 2.2. Bo'lajak o;qituvchilarda pedagogik texnikani shakllantirishda tajriba mashg'ulotlarining o'rni (pedagogik mahorat fani misolida) UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas'uliyat yukfangan. Chunonchi, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o'mimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyo- sini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o'zimizga yaxshi tasawur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o'qituvchisiga nisbatan qo'yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi. Zamonaviy o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko'plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalar ning diqqat-e'tiborida bo'ldi. O'qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o'quv qo'llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o'qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkumi, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo'lishni talab qiladi. Ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchiiar o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakl- lantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta'minlash ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va tarbiyachilaming ma'naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo'lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o'qitish shakllarida foydalanila- digan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g'oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.61 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.61 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga