Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik faoliyatni loyihalash ko'nikmalarini shakllantirish Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim siyosatining muhim omillaridan biri yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdan iborat.Inson shaxsi haqida gap ketganda albatta ko'z o'ngimizda komillikka intilgan ma'naviy jihatdan yetuk jamiyatning taraqqiy etishiga munosib hissa qo'sha oladigan yurt ravnaqining buguni va ertasini o'ylaydigan shaxsni keltiramiz. Shu o'rinda pezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltiramiz: Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Pedagogik madaniyat -o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo'lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi,pedagogning me'yoriy-ma'naviy qarashlarga asoslangan odobidir.Ma'lumki o'qituvchilarda ma'naviy -axloqiy, xususan,pedagogik qiyofasini shakllantirish bo'yicha o'qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko'p qirralidir. Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko'p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o'zini anglashni, o'zini takomillashtirishni ta'minlaydi. E.A.Grishin pedagogik madaniyatni ifoda etib, o'qituvchining quyidagi kasbiy ahamiyatga molik sifatlarini ko'rsatadi: Umumiy bilimdonlik; - o'z fanini bilish; - pedagogik bilim va mahoratlarini doimiy rivojlantirib boorish; - pedagogik kasbini sevish; - odamiylik, haqiqatgo'ylik va talabchanlik; - ko'zatuvchanlik, e'tiborlilik va odoblilik. V.A.Slastelin pedagogik madaniyatning integral ko'rsatkichlari deb quyidagilarni hisoblaydi: - mutaxassislik sharafi va g'ururini his etish; - jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi. V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi: Ijodiy individuallik- sezgi, farosat, odob, intuistiya. V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatga ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi. O'qituvchining shaxsiy kasbiy pedagogik yo'nalganligi. Bu komponent tizimini tashkil etuvchi element hisoblanadi. U pedagogik jarayonning uning qiziqishlari, layoqati, ishonchi, g'oyalari orqali pedagog faoliyatni insonparvarlashtirishga qaratilgan mustahkam sabablar to'plamidan iborat bo'ladi. Pedagogik jarayoni tashkil etishda o'qituvchining shaxsi kasbiy pedagogik yo'nalganligi quyidagilarni o'z ichiga oladi. Bo'lajak o'qituvchi kasbiy tayyorgarligining mazmuni asrlar davomida pedagogika nazariyasi va tarixi sohasidagi bilimlarni o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim davlat ta'lim standartiga muvofiq, pedagogikaning nazariy asoslarini bilish pedagogika universiteti talabasi egallashi kerak bo'lgan vazifalaridan biridir. Pedagogik sohaga kirib kelayotgan zamonaviy yosh mutaxassis, ta'lim faktlari, tushunchalari va nazariyalari bo'yicha bilimlar bilan qurollangan, tarixiy-pedagogik tafakkurga ega bo'lsa, o'z kasbiy faoliyatida ko'plab xatolardan qocha oladi. Ushbu O'quv intizomini o'rganib, talabalar turli xil ta'lim nazariyalari va amaliy ishlanmalarda o'zini o'zi belgilash, o'z pedagogik yo'llarini tanlash va o'qituvchi yoki rahbar sifatida muayyan faoliyatda o'tmish tajribasidan foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: pptx