BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA POZITIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 70110102-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo'yicha Magistrlik ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichi fuqarolik jamiyatining jadal shakllanishi, maqsadli rivojlanishi, mamlakat hayotida turli sohalar faoliyatining sifat jihatidan yangi darajasiga erishishi bilan xarakterlanadi. Bu jihatdan zamonaviy o'qituvchi kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilayotganining ahamiyati beqiyos. O'qituvchi o'z faoliyatida ilmiy-texnika taraqqiyotining ishonchli, ilg'or yutuqlaridan foydalanib, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashga da'vat etadi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda o'qituvchi nafaqat kasbiy kompetentli bo'lishi, balki yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish, baholash, o'z o'quvchilariga samarali psixologik yordam berish va qo'llab-quvvatlash, pozitiv fikrlashda shaxsiy namuna bo'lishi, voqealarni obyektiv baholash asosida pozitiv fikrlay olishi kerak. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Tadqiq etilayotgan masala bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlilining ko'rsatishicha, E.G'oziyev, V.Karimova, Z.Nishanova, R.Sunnatova, E.Usmanova, X.Sharafiddinovalarning ilmiy izlanishlarida tafakkur turlari va sifatlari, mustaqil fikrlash, mustaqil ijodiy fikrlash dinamikasi, turli yosh davrlarida tafakkurning rivojlanishi hamda tafakkurning individual psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlarining aksariyati o'qituvchilik faoliyatiga kasbiy tayyorlash D.G. Muxamedova, R.B. Abduraxmanova, Yu.M. Asadov va b.q., o'qituvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi munosabatlarning psixologik xususiyatlari D.G. Muxamedova, A.A. Beknazarov, A.A. Zakirov va b.q., ta'lim oluvchilarda pozitiv fikrlash tushunchasi va mohiyati G.S. Ulitskaya, T.G. Guruleva, V.F. Kaloshin va b.q., pozitiv tafakkurning yoshlar hayotining turli jabhalariga pozitiv ta'siri L.A. Matsko, N.B. Kuklina, va b.q., Tadqiqotning maqsadi: bo'lajak o'qituvchilarda pozitiv tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini shakllantirish va takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: -Psixologiyada pozitiv tafakkur muammosini o'rganishni nazariy jihatdan tahlil qilish; -Bo'lajak o'qituvchilarning pozitiv fikrlash tushunchasi hamda pozitiv tafakkurning ifodalanishi chidamlilik va refleksivlik xususiyatlarni aniqlash; -Bo'lajak o'qituvchining kasbiy shakllanishida pozitiv tafakkurning o'rni va ahamiyatini yoritib berish. Tadqiqot obyekti: bo'lajak o'qituvchilarda pozitiv tafakkurni rivojlantirish jarayoni tanlangan bo'lib, Termiz davlat pedagogika instituti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalardan (120)nafari jalb etiladi. Tadqiqot predmetini: bo'lajak o'qituvchilarda pozitiv tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari. Tadqiqotning metodlari. Qo'yilgan maqsadga erishish va shakllantirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tadqiqotning nazariy va empirik metodlari majmuyi qo'llanildi: V.F. Ryaxovsqiyining Muloqatmandlik va kommunikativlik testi, A.A. Reanning Muvaffaqiyat motivatsiyasi va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish so'rovnomasi, S.V. Kovalyoning O'z-o'zini baholash darajasini aniqlash test-so'rovnomasi va b.q. Tadqiqotning ilmiy yangiligi bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy shakllanishida kommunikativ, intellektual, hissiy-irodaviy, muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining rivojlantirish muhimligiga asoslanib, pozitiv tafakkur ustuvor xususiyat ekanligi aniqlanadi. Magistrlik ishining tuzilishi va hajmi. Magistrlik ish kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ro'yxatidang iborat. Ishning umumiy hajmi sahifadan iborat. § 1.1. Shaxsning pozitiv tafakkuri tushunchasi va uning mohiyati Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:14:31
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.95 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:14 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.95 MB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:49 ]
Arxiv ichida: pptx