Bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari va shartlari

Bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari va shartlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari va shartlari - rasmi

Material tavsifi

Bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari va shartlari Ch.Sobirova, Urgench DU o'qituvchisi Mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishgach, xalqimiz kelajagini belgilab beruvchi bir qancha masalalar qatorida o'quvchi yoshlarga ta'lim berish va har tomonlama mukammal inson sifatida tarbiyalash davlat ijtimoiy hayotining ustuvor yo'nalishi sifatida qaralmoqda. Yoshlarni xalqimizning milliy an'analari, o'zligiga, sadoqatli jamiyatning har tomonlama mukammal fuqarosi darajasida tarbiyalash uchun Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek: - Buyuk davlat,buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil,ma'rifatli,ayni paytda o'zining o'tmishi,ulug' qadriyatlari,millati bilan faxrlanadigan va kelajakka isxonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. O'qish jarayonida talabalar axloqiy va estetik ongini takomillashtirish muhim va dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu o'rinda takidlash joizki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturida inson omiliga alohida urg'u berilgan. Prezidentimiz ma'naviy-axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus va shu kabi chinakam fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Hammasini zaminida tarbiya yotadi deb bejizga aytmagan. Shu jumladan, barkamol, ilmga chanqoq, irodali, aqliy va axloqiy fazilatga boy, estetik didli shaxslarni tarbiyalashda oliy o'quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Oliy o'quv yurtlarida shaxsni kamol toptirish maqsadida bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari, omillari, tizimi, sharti va mohiyati masalalariga alohida etibor qaratiladi. Axloqiy-estetik tarbiyalash tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: talabalarning yoshi, ularning tavsifi, axloqiy-estetik tarbiyasining boshlang'ich darajasi; tizimlilik, izchillik, bosqichma-bosqichlilik, yaxlitlilik, fanlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, ketma-ketlik, integrativlik; texnologiyalilik, birlik va butunlik; didaktika - barcha didaktika tamoyillaridan foydalanish; muntazamlik, muammoni ko'tarishdan uni yechishgacha borish; ijobiylik, namunaviylik, ko'rgazmalilik, idealga intilish ustunligi; -ta'lim-tarbiya jarayonini, bo'lajak o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashni, ularning shaxsini kamol toptirishni insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'riltirish; madaniy muvofiqlik -milliy-madaniy, umuminsoniy, axloqiy-estetik qadriyatlar prioriteti bilan; shaxsga qaratilganlik - shaxsga diqqat-etibor, u afzal ko'radigan narsalarga, uning tanloviga, o'qish va hayotda o'zini namoyon qilishiga etibor va shu kabilardir. Bo'lg'usi o'qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash omillari quyidagilarda ko'rinadi: kontseptual-pedagogik omillar - davlat ta'lim siyosati mazmunida; metodologik- nazariy omillar - yangi pedagogik fikrlash, zamonaviy pedagogika faniga muvofiqligi; ijtimoiy-pedagogik omillar; milliy-madaniy omillar - o'zbek xalqining milliy an'analari va tarixiy-madaniy qadriyatlariga murojaat qilish; bo'lajak o'qituvchining shaxsiga taalluqli bo'lgan ma'naviy-axloqiy va ma'naviy estetik omillar; o'quv materialining mazmuni, bo'lajak o'qituvchining shaxsi, uning bo'lajak ta'lim tarbiya faoliyati bilan hamohang bo'lgan axloqiy-estetik qarashlari; -o'quvchilarning ruhiy holati, yoshi, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga, shaxs meniga, talabalarning sabab tushunchasiga, axloqiy-estetik materialni bilish, qabul qilish-anglash-tushunish va adekvat ongga interiorizatsiya qilishiga oid psixologik omillar; tushunchaviy-mezoniy omillar - talabalarning zarur terminlar, tushunchalar, estetik va axloqiy, axloqiy-estetik kategoriyalarni bilishi; fanlararo omillar; nazariy-pedagogik omillar - muammoni ilmiy asoslangan, pedagogik asoslarda hal qilish; ruhiy-o'rgatish omillari - yorqin, esdan chiqmaydigan ruhiy ta'sir ko'rsatadigan axloqiy-estetik yuqori ma'naviyatli, estetik to'laqonli, milliy, tarixiy-madaniy, nafis, badiiy-tasviriy, milliy-an'anaviy materiallardan foydalanish; -texno-pedagogik omillar - konstruktiv-maqsadga yo'naltirilgan; nazariy-amaliy omillar - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.36 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.36 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga