Bo'lajak o'qituvchilarni matnli algebraik masalalar yechishni o'rgatish

Bo'lajak o'qituvchilarni matnli algebraik masalalar yechishni o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak o'qituvchilarni matnli algebraik masalalar yechishni o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Bo'lajak o'qituvchilarni matnli algebraik masalalar yechishni o'rgatish REJA 1. So'z boshi 2. Algebraik masala haqida tushuncha 3. Algebraik masalalarning klassifikatsiyalash 4. Algebraik masalalarni yechish usullari haqida tushuncha 5. Algebraik masalalarning yechish metodikasi 6. Algebraik masalalarning tuzish va yechishning ahamiyati 7. Xulosa. SO'Z BOSHI Ta'lim jarayonining muhim va asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini hayotda, amaliy masalalarni hal qilishda to'g'ri qo'llay bilishlarini, bu borada ularning o'quv, malaka va mahoratlarini rivojlantirib borishdan iborat. O'quvchilar matematik bilimlarining darajasi va puxtaligi asosan ularning masalalar, ayniqsa ixtiyoriy yoki umumiy mavzular yuzasidan matnni masalalarni ongli va ratsional usulda yecha olish iqtidorlariga qarab belgilanadi. Zotan bilishning so'nggi bosqichi ham nazariy bilimlarning amaldagi tatbiqi hisoblanadi. Bu sohada hali ko'pgina nuqtalarning mavjudligi hech kimga sir emas. O'quvchilar masalani to'g'ri va chuqur tushunish, ma'lum va noma'lumlarni idrok etish va yechishni sistemali yo'naltirishda ko'pincha ojizlik qiladilar. O'quvchilarning fikrlash darajalarini o'stirish, masala yechishda qobiliyatlarini rivojlantirishda sinf va sinfdan tashqari mustaqil mashg'ulot, uyda masalalar yechishga odatlantirilib borishini ahamiyati g'oyat kattadir. Mustaqil ishning bunday formasi samaradorlik jihatidan kitob bo'yicha nazariy masalalarni mustaqil o'rganishga qaraganda ancha ustun turadi. Chunki, kitob bo'yicha nazariy masalalarni o'rganishda o'quvchilar boshqa kishining fikr va mulohazalarini o'zlashtiradilar, masala yechishda esa o'zlarining shaxsiy bilim va iqtidorlariga asoslanadilar. Lekin tayyor masalalarni yechish u har qanchap maqsadga muvofiq, ratsional usulda yaxshi bajarilgan bo'lsada, o'quvchilarning odatiy imkoniyatlarini to'liq ochib bera olmaydi. Tayyor masalalarni yechishda o'quvchilarning diqqa e'tibori faqat masala yechimini izlashga qaratiladi, xolos. Masala yechishni to'liq xal qilish shartlaridan biri uning yechimini tekshirishdir. Masalalar yechishda bu bosqichga juda kam e'tibor beriladi, faqat kitobdagi javobni keltirib chiqarish bilan cheklaniladi. Javobi berilmagan masalalarda - Buning bilan o'quvchilarning masala yechishdagi ijodiy fikrlash imkoniyatlarini chegaralabb qo'ygan bo'lamiz. Masala yechimini tekshirish sistemali bo'lmasa-da, ayrim vaqtlarda uning turli usullari bilan o'quvchilarni tanishtirib borish, ular bilimidagi sayozlikni to'ldiradi, masala yechishda mavjud bo'lgan ta'limda ijodiy dushman bo'lgan formalizmni cheklaydi, bilim sifatini oshiradi, o'z-o'zini nazorat qilishga yo'llaydi. Algebraik misol va masalalarni yechishda tekshirishning ba'zi usullari bilan o'quvchilarni tanishtirilsada, geometrik mazmundagi masalalarning yechimini tekshirib ko'rishni mutlaqo bajarolmaydi desak mubolag'a yoki xato qilgan bo'lamiz. Kuzatish shuni ko'rsatadiki, keyingi vaqtlarda algebraik misollar o'rgatilib masalalar yechishga juda kam e'tibor berilmoqda, aniqrog'ini aytgan yechtirilmaydi xam. O'quvchilarga har xil mazmundagi tipik va tipik bo'lmagan algebraik masalalarni yechishga o'rgatish uchun avvalam bor o'qituvchining o'zi tayyor bo'lishi shart. O'quvchilarning har qanday mazmundagi matematik masalalarni jumladan algebraik masalalarni yecha bilish qanchalik zarur va shart bo'lsa, bo'lg'usi matematik o'qituvchi uchun esa undanda ko'proq zarur va shartdir. Chunki o'qituvchi masala yechishning metodlarini bilgandagina o'quvchilarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.77 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 129.77 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga