Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash

Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash - rasmi

Material tavsifi

5A11701- «Boshlang'ich ta'lim» K A Z A K O V A M A R H A B O Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatni tarbiyalash mavzusida tayyorlagan MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI Т А Q D I M O T I Mavzuning dolzarbligi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Kelajakda buyuk davlat barpo etishga qodir insonlarni tayyorlab berish birinchi o'rinda ta'lim muassalarining qo'lida. Mamlakatning taraqqiyoti va o'zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, ma'naviyat va keng dunyoqarashni talab etadi. Ta'lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish - jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Zero, ta'lim o'sib kelayotgan yosh avlodning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi. Tadqiqotning maqsadi bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlashning nazariy asoslarini va yaxlit tizimini ishlab chiqish Tadqiqot obyekti oliy o'quv yurtlarida bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlash jarayoni. Tadqiqot predmeti bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi mazmuni, shakl va usullari. Tadqiqot vazifalari 1)ilmiy pedagogik adabiyotlar, tadqiqotlarni o'rganish orqali pedagogik kasbga ijodiy munosabatning nazariy asoslari va omillarini aniqlash; 2) pedagogik kasbga ijodiy munosabat asoslarini ilmiy tahlil etish; 3)pedagogik kasbga ijodiy munosabatning o'ziga xos xususiyatlarini va uni faollashtirish omillarini, talabalarning pedagogik faoliyat motivlari va ularni rivojlantirish yo'llarini tahlil etish; 4) oliy o'quv yurtlarida talabalarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlashning amaliyotdagi darajasini tadqiq etish; 5) bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlash tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlash. Tadqiqot farazi agar bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlashda pedagogik faoliyatning motivlarini har tomonlama rivojlantirilsa; pedagogik kasbning mohiyatini anglatishga erishilsa; unga doir bilim, ko'nikma va malakalar chuqur egallanilsa va ular pedagogik amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llanilsa bo'lajak o'qituvchini pedagogik kasbga ijodiy munosabatini shakllantirish samarali bo'ladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi - bo'lajak o'qituvchini pedagogik kasbga ijodiy munosabatga tayyorlash nazariy asoslandi va uning omillari ko'rsatildi; - pedagogik kasbga ijodiy munosabat asoslari ilmiy tahlil etildi; - pedagogik kasbga ijodiy munosabatning o'ziga xos xususiyatlari va ularni faollashtirish omillari, talabalarning pedagogik faoliyat motivlari va ularni rivojlantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 607.82 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 607.82 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga