Bo'lajak o'qituvchilarni professional faoliyatga tayyorlash metodikasi

Bo'lajak o'qituvchilarni professional faoliyatga tayyorlash metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bo'lajak o'qituvchilarni professional faoliyatga tayyorlash metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Kаsb - hunаr kоllеjlаridа pеdаgоgik mahorat asoslari. 2. Bаkаlаvrlik tizimidа bo'lg'usi o'qituvchilаrni prоfеssiоnаl fаоliyatgа tаyyorlаsh 3. Bo'lg'usi o'qituvchilаrni prоfеssiоnаl fаоliyatgа tаyyorlаshning o'ziga xos jixatlari. Inson paydo bo'libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo'lgan vaqtdan beri pedagoglik faoliyati uzluksiz davom etib kelmoqda. Uqituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o'ta mas'uliyatli qiyin va murakkab kasb hisoblangan.Mustaqil O'zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilinishi, yangi ta'lim standartlari asosida ta'lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o'qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e'tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirshpdaga asosiy muammo ham mana shu yerda. O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. O'qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig'ini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o'qituvchi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma'lumoti, ya'ni o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezinshi, o'rganishi va baholay olishi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan sog'lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi, o'quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogik mahoratni egallay oladi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi avval, Pedagogika fanining metodologik asoslarii, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi darkor. Ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko'pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini chuqur anglamoqdalar. SHu sababli ular o'z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o'zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar. Ammo shuni ham e'tirof etishimiz kerakki, o'quv yurtlarida ayrim o'qituvchilar o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga